41
Rektifikatsiya kolonnalari deb, vertikal silindrik – bir-birida
erigan suyuqliklar (aralashma) ni ajratadigan maqsadda ko‘zlagan
mahsulotni olishga yordam beradigan jihozga aytiladi. Rektifikatsiya
jarayonida ikki faza orasida ikki tomonlama massa almashinuv bo‘ladi.
Agar suyuqliklarning qaynash harorati har xil bo‘lsa,
ularni
diffuzion jarayonda rektifikatsiyalab ajratish mumkin. Diffuziya
jarayonining amalga oshishi uchun bug‘lar va suyuqliklar bir-
biriga qarama-qarshi harakatda bo‘lib, yaxshi kontaktda bo‘lishi
mumkin: suyuqlik o‘zining og‘irligi
bilan pastga qarab, bug‘lar
esa pastdan yuqoriga qarab, bir-biriga qarama-qarshi harakat
natijasida bug‘ fazasi yengil
qaynovchi komponentlarni, suyuq
faza esa yuqori haroratda qaynovchi komponentlarga to‘yinadi.
Muvozanatdagi sistemaning xossalaridan ma’lumki, muvo-
zanatda bo‘lmagan bug‘ va suyuq fazalar
bir-biri bilan kontaktda
bo‘lganda, sistema issiqlik va massa almashinuvi natijasida
muvozanatga intiladi. Demak, rektifikatsiya jarayoni borishi uchun
kontaktda bo‘ladigan bug‘ va suyuqlik
bir xil bosimda muvozanatda
bo‘lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, suyuqlikning harakati bug‘
harakatidan past bo‘lishi kerak.
Kontaktning samaradorligini oshirish uchun rektifikatsiya
kolonnalari
ichida maxsus uskunalari bor, bu uskunalarni
konstruksiyalarga qarab to‘xtovsiz (nasadkali kolonnalarda) yoki
bosqichma-bosqich (tarelkali kolonnalarda) kontakt amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: