40
aralashmalarni dag‘al ajratish uchun qo‘llaniladi. Juda to‘la ajratish
uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi.
Haydash va rektifikatsiya jarayonlari bir xil haroratda aralashma
komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori
uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, past
uchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi.
Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga
qaraganda pastroq haroratda qaynaydi. Shuning uchun ham ular
past va yuqori haroratda qaynaydigan komponentlar deb ataladi.
Haydash yoki rektifikatsiya jarayonida boshlang‘ich aralashma
yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin
uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig‘iga ajraladi.
Haydash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘ kondensator –
deflegmatorga kondensatsiyalash natijasida distillyat olinadi.
Qurilma kubida esa kub qoldig‘i qoladi.
4.1.2. Oddiy haydash
Suyuqlik aralashmalarini bir marta qisman bug‘latish yo‘li
bilan ajratish jarayoni
oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy
haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi
farq katta bo‘lgan hollardagina qo‘llash maqsadga muvofiq va yuqori
samara beradi.
Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: fraksiyali
haydash; deflegmatsiya bilan haydash; suv bug‘i bilan haydash;
molekulyar haydash.
Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida yengil uchuvchan
komponent va distillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdan
minimalgacha kamayadi. Shuning uchun har xil tarkibli distillyat
fraksiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. Har xil tarkibli
mahsulot olishga mo‘ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli
Dostları ilə paylaş: