O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə22/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

3.5. Gazgolderlar
Bosimi katta bo‘lmagan (0,4 MPa gacha) katta hajmdagi
gazlarni saqlash uchun gazgolderlar – hajmi o‘zgarib turadigan
rezervuarlardan foydalaniladi. Ishlash prinsiðiga qarab ular quruq
va ho‘l gazgolderlarga bo‘linadi. Quruq gazgolderlar kam ishlatiladi.
Konstruktiv jihatdan qara-
ganda quruq gazgolderlar
vertikal silindrik rezervuar
bo‘lib, o‘ziga xos harakatla-
nuvchi rezervuar devoriga
jiðslanib turuvchi porshen
bilan jihozlangan. Gazni por-
shenning tagiga berilganda u
ko‘tariladi va gazning hajmi
ortadi, gaz chiqarib olinganda
porshen pastga tushadi. Gazgol-
derdagi gazning hajmi uning
diametri bilan aniqlanadi.
Quruq gazgolderni eksplua-
tatsiya qilish murakkab va
xavfli, chunki porshen kor-
pusining devoriga bo‘lgan
zichligi mukammal emas.
Ho‘l gazgolderlar keng
ishlatiladi, ular konstruksi-
yalarining hajmi 100¼32000
m
3
hisoblangan. Gazgolderlar
6- rasm. Ho‘l gazgolder chizmasi:
1–rezervuar; 2–teleskop;
3–kolokol; 4–devordagi yo‘nalti-
ruvchi karkaslar; 5–kronshteyn;
6– yo‘naltiruvchi roliklar; 7– tashqi
yo‘naltiruvchi karkaslar; 8–teles-
kop va kolokol uchun to‘siq.



37
(6- rasm) rezervuar (1) dan, teliskop (2), (hajmi 10000 m


3
dan yuqori bo‘lgan gazgolderlarda), kolokol (3) dan va
yo‘naltiruvchi (4) dan tuzilgan. Òekis tag qismli gazgolderning
tepasi ochiq: unga silindrik qobiq – teleskop (ikkala tomoni
ochiq) va kolokol-tagi yo‘q silindrik rezervuar (o‘ziga xos karkasli
tomi bilan) kiradi. Kolokol va teleskop o‘zining og‘irligi bilan
rezervuarning tagigacha tushadi, gazgolderning ichiga
haydalayotgan gazning bosimi ta’sirida yo‘naltiruvchidan
ko‘tarilib rezervuarga ulab qo‘yilgan to‘siqqacha ko‘tariladi.
Kolokol uchun yo‘naltiruvchi teleskopning ichida ham bo‘lishi
mumkin. Yo‘naltiruvchilar bo‘yicha hech qanday to‘siqsiz
harakat yo‘naltiruvchi roliklar yordamida amalga oshiriladi. Ular
kronshteynlar (5) yordamida teleskop va kolokolga mahkamlab
qo‘yilgan.
Rezervuar bilan teleskop, shuningdek, teleskop bilan kolokol
oralaridagi germetik holatni suv zatvori yordamida ushlab turiladi.
Buning uchun kolokol va teleskopni tashqi tomonining pastki
qismiga tog‘orasimon halqa ulab qo‘yiladi. Shu halqaga rezervuar
va teleskopning yuqori qismiga ulangan (ichki tomondan) halqa
kiradi.
Ekspluatatsiya qilishdan oldin teleskop va kolokol pastda
bo‘lganda suv basseyeni rolini o‘tovchi rezervuar suv bilan
to‘ldiriladi. Bir vaqtning o‘zida kolokol va teleskopning zatvorlari
ham to‘latiladi.
Òeleskop va kolokolning ichiga quyqa yoki loyqa tushmasligi
uchun pastki qismiga to‘sib qo‘yiladi. Bu to‘siqlar teleskop va
kolokol gazgolderning pastki qismiga tushganda vaqt o‘tishi bilan
yig‘ilib qoladigan loyqalar bilan ifloslanmasligi uchun amalga
oshiriladi.
Gazgolderga gaz berilganda avval kolokol ko‘tariladi.
Òeleskopning yuqori zatvoriga yetgandan so‘ng kolokol uni ham
o‘zi bilan ko‘tarib ketadi. Òeleskop to‘siqqacha ko‘tariladi.
Gazgolderdagi bosim kolokol va teleskopning og‘irligi bilan
hosil qilinadi va ushlab turiladi. Gazgolderni normal
ekspluatatsiya qilish va bosim ortib ketishi natijasida uning
korpusi ajrab ketishining oldini olish maqsadida gaz
beriladigan sistemaga avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi
o‘rnatiladi.



38


Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin