59
Markazdan qochma mashinalarda ishchi g‘ildirakning aylanishi
hosil bo‘ladigan inersiya kuchlari yordamida gaz siqiladi.
O‘qli mashinalarda ishchi g‘ildirak va yo‘naltiruvchi qurilma
uzunligi bo‘ylab gaz harakatlanganda uning siqilishi sodir bo‘ladi.
Vakuum-nasos sifatida har qanday kompressordan foydalanish
mumkin. Faqat vakuum-nasos bilan kompressor orasida farq
shundaki, vakuum-nasosning so‘rish bosimi atmosfera bosimidan
sezilarli kam bo‘lsa, uzatish esa atmosfera bosimidan ko‘proq
bo‘ladi. Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta
bosimlargacha (0,5¼20,0 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi.
Òurbokompressorlar esa katta miqdordagi gazlarni nisbatan past
bosimlarda (0,15¼1,5 MPa) uzatib berishga mo‘ljallangan.
6.3. Aralashtirgichlar
Aralashtirgichlar neft kimyo sanoatida plastik massalarni
aralashtirishda, neft va gazni qayta ishlash sanoati uchun
katalizatorlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu jarayonda nafaqat
turli komponentlar qorishtiriladi, balki katalizator tayyorlashda
xamir ezib qorishtiriladi, havo bilan to‘yintiriladi va ma’lum bir
xossalarga ega bo‘ladi.
Aralashtirish jarayoni davriy va uzluksiz qorishtirgichlarda olib
borilishi mumkin. Bu turdagi qurilmalar ichida romli, shnekli
yoki tasmali aralashtirgichlar vertikal yoki gorizontal o‘qda
o‘rnatiladi (13- rasm).
13- rasm. Shnekli (a) va tasmali (b, d) aralashtirgichlar chizmasi.
60
Kam va yuqori qovushoqli kata-
lizator massasini (xamirini) qorish-
tirish uchun ikkita sðiralsimon ishchi
organli qozonsimon shaklli aralash-
tirgichlar ishlatiladi.
Aralashtirish jarayoni yupqa qat-
lamda olib borilgani sababli, yuqori
darajada intensivlashga erishish
mumkin.
Qurilma tubi qozonsimon shaklda
yasalgan bo‘lib, 90°C burchak ostida
o‘rnatilgan 4 parrakli qorishtirish
moslamali aralashtirgichda foyda-
laniladi (14- rasm).
Aralashtirgichning aylanish chastotasi 12 min-
1
qorishtirish
jarayoni tugagandan so‘ng, qobiq (3) ag‘dariladi, ya’ni qopqoq
(1) ochiladi va xamir to‘kiladi.
Dostları ilə paylaş: