2.3. Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri
yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar zarurdir.
Sintetik va analitik hisobning ma'lumotlarini tekshirishda, ma'lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma'lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma'lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma'lumotlarni ma'lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.
20
Sintetik schotlarda ma'lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schotlari aylanma vedomostlari qo‘yidagicha shaklda bo‘ladi:
Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost
20 ___ yil " ____________ " oyi uchun
(so‘m yoki ming so‘m)
Dostları ilə paylaş: |