O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqamli texnalogiyalarning o’rni va ahamiyati



Yüklə 34,66 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü34,66 Kb.
#211277
  1   2
2-mustaqil ish statistika Shahzod



O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqamli texnalogiyalarning o’rni va ahamiyati
Xursandov Shahzod

Annotatsiya. Maqolada O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida erishayotgan yutuqlari va yo’l qo’yayotgan kamchiliklari to’g’risida so’z yuritiladi. Shu bilan birgalikda ushbu jarayonda raqamli texnalogiyalarning ahamiyati qay darajada ekanligi tahlil qilinib,mavjud muammolarga yechim beriladi.


Kalit so’z: investitsiya, ma’muriy buyruqbozlik, bozor iqtisodiyoti, xususiylashtirish, dotatsiyalangan narx, korrupsiya, subvensiya, raqobat, yashirin iqtisodiyot, subsidiyalar, mukammal raqobat, nomukammal raqobat;
O’zbekiston Respublikasini birinchi prezidenti I.A.Karimovning “O’zbek modeli” ni 5-tamoyili bozor iqtisodiyotiga tadrijiy asosda, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish.Bu jarayon islohatlarning huquqiy asoslari va kafolatlarini vujudga keltirishni, aholini ijtimoiy himoyalash va ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish bilan birga olib borishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, yangi jamiyat barpo etish, uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo’lib, u faqat tegishli mavjud ishlab chiqarish va faoliyat tuzilmalari va huquqiqy asosni yaratishnigina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o’zgarishlarni, xo’jalik faoliyatini va amaliy munosabatlarni amalga oshirishni ham ko’zda tutadi.1

Nega O’zbekiston va ba’zi bir boshqa mamlakatlar bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tishga qaror qildi? O’zi Bozor iqtisodiyoti tizimini boshqa iqtisodiy tizmlardan afzalliklari va kamchiliklari nimada?



Bozor iqtisodiyoti




Qonun ustuvor bo’lmasa, korrupsiya gullab yashnaydi

Korrupsiya darajasi pastroq bo’ladi

Aholi tabaqalashadi

Xususiylashtirish

Barcha narsalar markaz tomonidan boshqariladi

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar markazga yig’iladi

Hamma narsa teng taqsimlanadi



1-rasm.Ma’muriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyotini afzalliklari va salbiy tomonlari2

O’zbekiston ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sezilarli afzalliklarli erishyapti.Monopoliya darajasi mamlakatimizda pasaydi.Davlat korxonalari bosqichma bosqich tadbirkorlar va biznesmenlarga xususiylashtirilib berildi.Markazlashgan tizimdan voz kechildi.Davlat faqat og’ir vaziyatlardagina bozorga aralashyapti.Mahsulotlar talab va taklifni kuzatgan holda shunga mutanosib ishlab chiqariladi. Davlat tadbirkorlarga katta shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib bermoqda.Aholini ijtimoiy yashash sharoitlari yaxshilanmoqda. Ammo shu bilan birgalikda ushbu tizm mamlakatimizda monopoliya darajasini oshishiga sabab bo’ldi.


Bozor iqtisodiyoti tizimi ichida Ta'kidlash kerak bo'lgan ikkita musobaqa turi mavjud:Eng zo'r raqobat: Bunday raqobat hozirgi paytda faqat ideal holatda mavjud.

Bunday holda, u faqat va faqat talab va taklif qonunlari bilan tartibga solinadi. Ular barqarorlikka erishish va tenglashtirishga intilishadi.Nomukammal raqobat: Boshqa tomondan, nomukammal raqobat iqtisodiyotga tashqi omillar aralashuvi bo'lganida yuzaga keladi. Bu, masalan, subsidiyalar, davlat himoyasi, monopoliyalar, kompaniyalar va qoidalar o'rtasidagi adolatsiz raqobat.3



Ma’muriy buyruqbozlik



-Monopoliya+







Adam Smitning “ko’rinmas qo’l “prinsipi




Bozor iqtisodiyoti


2-rasm.Adam Smitning ko’rinmas qo’l prinsipini monopoliyaga ta’siri4


Ma’muriy buyruqbozlik tizimi markazlashgan bo’lganligi uchun monopoliya hisoblanar edi va ushbu davr monopsoniyani ham yuksaltirgandi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining boshida xususiylashtirish ishlari bo’lganligi tufayli monopoliya kichrayganday ko’rindi, ammo keyinchalik avjiga chiqib ketdi.Buning asosiy sababi nimada deb o’ylaysiz?
Mening fikrimcha bularning barchasiga Adam Smitning 1776-yilda chop etilgan “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” nomli asarida aytib o’tgan “ko’rinmas qo’l prinsipi” sababli monopoliya darajasi kattalashib, keng urug’ yoyib ketdi.Ushbu asarda Adam Smit insonni harakatga keltiruvchi yagona narsa bu-shaxsiy manfaat ekanligini ta’kidlaydi.O’zbekiston barcha davlat mulklarini bosqichma-bosqich xususiylashtirishni boshlaganida barcha xususiy korxonalar yanada ko’proq foyda olishni maqsad qilib, raqobatlashgandan ko’ra kooperatsiyalashib, bozorda hukmron tashkilot bo’lishni tanladi.Ular aholini emas yolg’iz o’zlarini shaxsiy manfaatlarini o’yladilar.Shaxsiy manfaat shunday narsaki, inson uning uchun xattoki qing’ir yo’ldan borishdan ham qaytmaydi.Bu esa jamiyatning haqiqiqiy tanazzuli hisoblanadi.Buning isboti misolida “Nestle” transmilliy korparatsiyasining tarixida ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tganida monopoliyaning jamiyatimizda kengayishi, yashirin iqtisodiyotning ham rivojlanishiga olib keldi.Insoniyatning shaxsiy manfaat uchun kurashi, ko’proq foyda va kamroq xarajat qilish xohishi ularni yashirin yo’llarga chorladi.Mamlakatimizda qonun ustuvorligi yetarlicha ta’minlanmaganligi esa nur ustiga a’lo nur bo’ldi va xufyona iqtisodiyot gullab yashnadi.Korrupsiyaning yuqoriligi va ta’lim sifati darajasining pastligi esa mamlakatimizda oz bo’lsada xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi muammolarga optimal yechim 2020-yilllarda yurtimizga kirib kelgan sun’iy intelekt va raqamli texnalogiyalar innovatsiyalari bo’ldi.Buning natijasida iqtisodiyotimiz sezilarli darajada o’sdi. Bu nafaqat iqtisodiyotimizga balki ekologiya va vaqt masalidagi muammolarga ham yechim bo’ldi. Amaliyotdagi ishlarni hujjatlashtirishlar tufayli qog’ozbozlik haddan ziyod ko’payib ketgandi. Qog’oz ishlab chiqarish uchun daraxt ekishdan kesish ishlari rivojlangandi.O’rmon zonalar

cho’llashishiga olib kelayotgandi.Bunday jiddiy mumamolar raqamli texnalogiyalar sababli bosqichma-bosqich minimallashtirildi.


Raqamli texnalogiyalar ayniqsa YAIMning xizmat ko’rsatish sohasini rivojlanishiga xizmat qildi.Sun’iy intelekt orqali xizmat ko’rsatish sohasini tezroq va qulayroq qilish uchun turli dasturlar yaratilib, ishga tushirildi. Raqamli texnalogiya va sun’iy intelekt bir oyda balkim bir yilda ham bajarib bo’lmaydigan ishlarni bir soatda ham hal qildi.Vaqtni shunchalik tejayaptiki, har bir soniyadan optimall darajada unumli foydalanilyapti.Bu esa bizning, mamlakatimizning hamda bozor iqtisodiyotining yutug’i hisoblanadi.


Xulosa:Maqola so’ngida shuni aytolamanki,bozor iqtisodiyoti tizimi, qachonki mamlakat qonun ustuvorligi mustahkam va korrupsiya darajasi past bo’lgan vaqtdagina biz uchun ijobiy ta’sir o’tkazadi aks holda juda katta minus zararlar keltiradi. Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o’tishda duch kelayotgan eng katta muammolaridan biri qonun ustuvorligi va korrupsiya bo’lsa, bularning barchasiga umumiy, optimal, yagona yechim bu raqamli texnalogiyalardan foydalanishni rivojlantirish va aholini zamonaviy bilimlarga tayyorlash demakdur.Ba’zi bir adabiyotlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida yuzaga kelgan eng kata muammolardan biri-tabaqalashish deb ko’rsatilgan.Men bu fikrga qo’shilmiman.Bozor iqtisodiyotining ma’muriy buyruqbozlik tizimidan eng kata farqi va ustunligi tabaqalashish deb o’ylayman.Bozor iqtisodiyotida inson qancha mehnat qilsa shuncha mukofot oladi, ma’muriy buyruqbozlik tizimida esa kim qancha mehnat qilishdan qat’i nazar hamma bir xil teng mukofotlanadi.Bu esa o’z navbatida o’sishni cheklaydi. Balkim xuddi mana shu narsaning o’zi ham monopoliya va korrupsiyani o’sishiga sababchi bo’lgandir. Ammo bozor iqtisodiyoti tizimi ba’zi bir rivojlangan va rivojlamnayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga olib kelyapti.Umumiy xulosa, demak , biz mamlakatimizda qonun ustuvorligini maksimal darajada ta’minlashimiz kerak. Bozor iqtisodiyoti mamlakatda yaxshi shakllanishi va rivojlanishi uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy ko’rsatkichlar:

Yüklə 34,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin