O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti jismoniy



Yüklə 62,41 Kb.
səhifə4/24
tarix09.06.2023
ölçüsü62,41 Kb.
#127354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
uq 2017 01 02 (1)

Jismoniymadaniyatvasportsohasi,falsafavaaniqmetodologikfanlar

Biologiya fanlarning ixtisoslashgan sohasi

Jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi



Gumanitar va aralash fanlarning ixtisoslashgan sohasi

Antropologiya

Jismoniy tarbiya nazariyasi

Ijtimoiy

Morfologiya

Umumiy negizlar




Fiziologiya
Bioximiya

O’sib kelayotgan yoshlarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va uslubiyati

Katta yoshdagi aholini jismoniy tarbiyalash nazariyasi va
uslubiyati

Psixologiya
Estetika

Biofizika

Jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy yo’nalishlari

Umumiy pedagogika




Umumiy jismoniy tayyorgarlik
nazariyasi va uslubiyati




va boshqalar



Sport mashg’uloti nazariyasi va usuliyati

Amaliy kasb tayyorgarligi nazariyasi va uslubiyati

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish



Ixtisoslash-tirilgan sohalar

Yuqori sport ko’rsatkichlarining maxsus nazariyasi



Jismoniy madaniyatning ayrim shakllari (maishiy, rekreativ, ishlab chiqarish,)
nazariyasi

Iqtisodiy

1- chizma. Jismoniy madaniyat sohasida mo’ljallangan bilimlar bo’yicha integratsiyaga tushuvchi maxsus fanlar.

Jismoniy tarbiyani o’rganadigan barcha ilmiy fanlar tegishli umumiy fanlar ichki qonuniyatlarining tabaqalashuvi mahsuli sifatida paydo bo’ldi. Masalan, jismoniy mashqlar fiziologiyasi – umumiy fiziologiyaning shoxobchasi bo’lib, biomexanika, biofizikadan kurtaklanadi; jismoniy tarbiya sotsiologiyasi O’zbekiston tarixi bilan bevosita bog’liq. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining o’zi – bu ixtisoslashtirilgan pedagogika fanidir.


Har bir ilmiy fan tarmog’i jismoniy tarbiyaning biror tomonini, mazkur fanga xos tomonini o’rganadi. Lekin ayrim fanlar tomonidan olingan faktlar qanchalik chuqur va ahamiyatli bo’lmasin, ulardan birortasi jismoniy tarbiyaning ijtimoiy ideallarini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin bo’lishi
uchun pedagogik ta'sir o’tkazishini qanday ekanligini ko’rish kerak, degan
savolga mukammal javob bera olmaydi. Bu vazifani ayrim fanlar bo’yicha olingan ma'lumotlarni to’plab, yaxlit bir tizimga pedagogika fanigina aylantira oladi. Bu ilmiy fan jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’lib, u pedagogik fanlar tizimida ularning tabaqalanishi natijasida vujudga keldi. U jismoniy tarbiya doirasida jismoniy tarbiya bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan ayrim fanlar tomonidan qo’lga kiritilgan jamiki ma'lumotlarni umumlashtiruvchi va sintez qiluvchi integral fandir. U biologiya bilan pedagogika yoxud biologiya bilan sotsiologiya o’rtasidagi oraliq fan emas. Undagi sotsiologik va biologik hodisalardan jismoniy tarbiyaning pedagogik qonuniyatlarini bilish uchun foydalaniladi. Demak, jismoniy tarbiya nazariyasi ko’pgina fanlar bilan tutashadigan , lekin o’ziga xos xususiyatga, o’z predmetiga ega.
Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan.
Jismoniy tarbiya yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlar va darsliklar o’zgarmaydigan narsa emas. Ularning mundarijasi hamisha o’zgarib, takomillashib boradi. Dasturlarni takomillashtirish uchun jismoniy tarbiya yuzasidan olib boriladigan ilg’or ish tajribalari asos bo’ladi, bu ilg’or ish tajribalarini jismoniy tarbiya, pedagogika, ilmiy-tadqiqot va o’quv institutlari, shuningdek, amaliyotchilar – o’qituvchilar va murabbiylar muntazam ravishda o’rganib, umumlashtira boradilar. Jismoniy tarbiya yuzasidan qilingan ishlarning natijalari ilmiy jihatdan asoslangan normativlar tizimi – maktabgacha bo’lgan bolalar uchun tuzilgan dastur talablaridan boshlab to kattalar uchun tuzilgan dastur talablarigacha, malakali sportchilar uchun sport klassifikatsiyasiga qadar izchillik bilan hamisha ortib borayotgan talablarga muvofiq hisobga olinadi va baholanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuasi jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda muhim tarixiy voqyeadir. “Alpomish” va
“Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi nizomda jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy, metodik va tashkiliy qoidalari aks ettirilgan. Bu maxsus testlar majmuasi – mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasidagi barcha dasturlarning negizi hisoblanadi.
Bular maxsus nizomlar to’g’risidagi hujjatlarda o’z amaliy ifodasini topadi. Hozir nishonlarning muayyan tizimi qaror topdi. Bu tizimga yoshlikdan boshlab izchillik bilan jismoniy tarbiyani boshlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuksak darajasini ta'minlash va sport mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish asos qilib olingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 - yil 27 - maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2000 - yil 26 - maydagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni asosida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo’llari belgilab berilgan.
O’zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etishning ikki: davlat va jamoa– havaskorlik shakli mavjud.
Jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshiradigan davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi: tug’ruqxonalar, bolalar yaslilari, bolalar bog’chalari, o’rta maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari, armiya va flot, sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish muassasalari. Bu davlat muassasalarida jismoniy tarbiya, odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Jamoa-havaskorlik jismoniy tarbiya tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

  1. ishchilarni, xizmatchilarni, o’quvchilarni birlashtiruvchi havaskorlik kasaba uyushmasi jismoniy tarbiya tashkilotlari. Ular ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarga binoan quriladi.

Masalan, Xalq ta'limi vazirligiga qarashli o’quvchilarning “Yoshlik” sport jamiyati, oliy o’quv yurtlari sportchi- talabalarining “Talaba” sport jamiyati va hokazo.

  1. idoralarga qarashli sport jamiyatlari, masalan, “Dinamo”.

v) armiya va flot ofitserlari uyi klublari huzuridagi harbiy xizmatchilarning sport tashkilotlari, masalan, “MHSK” (markaziy harbiy sport klubi).
g) O’zbekiston Respublikasi “Vatanparvar” jamiyati.
Jismoniy tarbiya sohasidagi havaskorlik ishlari sport jamiyatlarining bir o’zidagina o’tkazilmaydi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya xalq hayotiga, har bir oila, uning har bir a'zosi turmushiga mehnatkashlarning o’zlari tomonidan faol kuch-g’ayrat sarflash (ertalabki sog’lomlashtirish gimnastikasi, ishlab chiqarishdagi jismoniy mashqlar va boshqa ommaviy-sog’lomlashtirish tadbirlari) yo’li bilan joriy etiladi. Bunday jismoniy tarbiya ishi har bir mehnatkashning jismoniy tarbiya savodini muntazam ravishda oshirib borishni talab etadi. Bu vazifa maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, oliy o’quv yurtlari va jamoat jismoniy tarbiya tashkilotlari, jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari, salomatlik universitetlari va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, mehnatkashlarning mustaqil o’qishlari yo’li bilan hal etiladi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya ishiga sport jamiyatlari va tashkilotlari tomonidan saylab qo’yiladigan Markaziy kengash rahbarlik qiladi.

Yüklə 62,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin