II BOB. JISMONIY TARBIYA TIZIMINING G’OYAVIY NEGIZI, MAQSADI VA UMUMIY TAMOYILLARI
Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy negizi, insonni har tomonlama rivojlantirish, shaxsni har tomonlama garmonik tarbiyalash, jamiyatni rivojlantirishda faol insonlarni etishtirishdagi milliy mafkura va ma’naviyat tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning fikricha:
“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-marifatdir”. “Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda faravonlik va taraqqiyot qaror topadi”. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. (“Muloqat” jurnali 1998 yil 5-son)”.
Respublika fuqarolarining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasining uzviy birligi, jismoniy tarbiyani mehnat va Vatan mudofaasi manfaatlariga yo’naltirish bo’yicha ish olib borilmoqda.
Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi, birinchidan, uning maqsadlari xalqning hayotiy manfaatlariga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga mos kelishidan, ikkinchidan, bolalarning yoshligidan boshlab gimnastika mashg’ulotlariga, o’yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan ommaviy jalb etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga singib borishidan; uchinchidan, jismoniy mashqlarning ko’pchilik orasida keng tarqalgan xalq-milliy sport turlari va o’yinlari vositalari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya vositalaridan keng foydalanishdan iboratdir.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya manfaatlari yuqoridagi ehtiyojlar bilan tugallanmaydi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya maqsadlarini aniqlashda ularni asosiy, hal qiluvchi ehtiyojlar deb hisoblash kerak. Shu sababli jismoniy tarbiya turmushda, xususan, umumiy ta’lim maktablarida joriy etilgan, chunki jismoniy tarbiya kishilarning sihat-salomatligini va mehnat qobiliyatini saqlash
hamda mustahkamlash, ma’naviy xususiyatlar va irodasini chiniqtirish, bo’sh vaqtni topdirish va ko’ngil ochish vositasi deb hisoblanadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida kishilarni jamiyat qurilishida faol ishtirok etishini unung talablarini qondiruvchi, jismoniy qobiliyatlarini hartamonlama rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo’lib hisoblanadi.
Jismoniy tarbiyaning shu maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni amalga oshiradigan barcha muassasalar va tashkilotlar uchun bab-barovar tegishlidir.
Bu maqsadni amalga oshirishda shaxsni har tomonlama kamol toptirish prinsipinining amaliy va sog’lomlashtirish yo’nalishi muhim axamiyat kasb etadi.