O’yinda qilinadigan harakatlarni muayyan
me’yorda olib borish
O’yinda qilinadigan harakatlarni to’g’ri belgilash o’qituvchining muhim vazifasi bo’lib
hisoblanadi.O’yinni o’tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning xarakteri va
o’ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish lozim. Agar o’yinchi o’tkazishga kirishishdan oldin
qilinadigan ishning xarakteri va o’ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish lozim. Agar o’yin
jismoniy yoki aqliy jihatdan ko’p kuch sarflashni talab etadigan darslardan keyin (nazorat ish
yozish darsi yoki boshqa mashg’ulotlardan so’ng) o’tkaziladigan bo’lsa, o’ynovchilarni kamroq
yoki o’rtacharoq harakatlanishga majbur etadigan o’yinlarni tanlash kerak.
Mashg’ulot paytida o’yinlarning tezligi – umumiy harakatchanligini hisobga olib, ularni
bir-biri bilan almashtirib turish lozim. Masalan, hamma o’ynovchilar bir vaqtda yuguradigan
o’yindan keyin navbati bilan to’p irg’itadigan o’yinni o’tkazish foydalidir. O’yin sur’atini
susaytirish, ya’ni o’yindagi harakat tezligini kamaytirish o’yinda qilinadigan harakatlarni muayyan
me’yorda olib borish usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’yinda bolalar jismoniy mashqlarni
bajarish paytida juda hayajonlanib ketadilar. Shuning uchun o’qituvchi o’ynovchilarning
kayfiyatiga qarab ish tutmasligi kerak. U o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va
salomatligini ham hisobga olishga majburdir. O’qituvchi onaboshilarning ahvoli va harakatini
alohida kuzatib borishi zarur. Shifokorning har bir o’quvchiga oid ma’lumotlarini ham unutmaslik
lozim. Qilinadigan harakatlarni muayyan me’yorda olib boorish o’yin o’tkaziladigan turli
sharoitlarni hisobga olib, o’yin o’tkazish metodikasi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |