2.2. Nomoddiy madaniy meros fani bo’yicha 7-semestr seminar mashg’ulotlari mazmuni va nazorat test savollari
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida mavjud 5610400-Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim yo‘nalishining 2019 yil 28 avgustda tasdiqlangan o‘quv rejasiga ko‘ra Nomoddiy madaniy meros fanidan 7 semestr uchun 12 soat ma'ruza, 12 soat amaliy, 12 soat seminar mashg‘ulot o‘tilishi kerak. Nomoddiy madaniy meros fani bo‘yicha seminar amaliy darslar quyidagi mazmunda olib boriladi.
O’zbek xalq o’yinlarini tiklash va rivojlantirish
Reja:
1. Milliy xalq o’yinlarini tiklanishi.
2. O’zbekistonda Milliy o’yinlarning rivojlanishi
3. O’zbek xalq o’yinlarining xalqaro nufuzi.
E’tibor bering!
XX asr o’rtalarida xalq o’yinlarini avloddan-avlodga o’tish an'analari buzilishi. Milliy xalq o’yinlari: Milliy xalq o’yinlarini, eski o’yinlar, kurash, uloq, qiz quvdi, ot poygasi, xalq o’yinlari bayrami, Podachi, Istandir, Tanki, Asr olish, Do char to’p, "Alpomish o’yinlari", "Quvnoq startlar", "Balli qizlar", "Balli yigitlar", "Quvnoqlar va zukkolar". 1998 yil "Alpomish" dostoni yaratilganining 1000 yilligiga baqishlanib Termiz shaqrida festival bo’lib o’tdi. Bu festival "Alpomish o’yinlari" deb nomlanishi. 1999 yil - "Ayollar yili"ga baqishlanib, Jizzaxda "To’maris" qizlar o’yinlari festivali o’tkazildi. Agar To’maris jang maydonida – g’olib bo’lgan bo’lsa, bizning qizlarimiz sport maydonlarida g’olib bo’lishga intilishdi. "To’maris" festivali - o’zbek xotin-qizlarini sport sohasidagi "uyqu"dan uyg’otdi. Keyingi davrda televidenie tufayli ko’pgina ommaviy hordiq chiqaruvchi o’yinlar (masalan, "Otam, onam, va men - sport oilasi", "quvnoq startlar", "Balli qizlar", "Balli yigitlar", "quvnoqlar va zukkolar"(KVN), "Nima, qaerda, qachon?", "Baxtli voqea", "Mo’'jizalar maydoni", "Oltin sandiq", "Charxpalak", "O’yla, izla, top") kabilar keng rivojlandi.
Nazorat savollari:
Milliy xalq o‘yinlariga sobiq ittifoq davrida qanday munosabatda bo‘lingan?
Mustaqillik yillari o‘zbek xalq o‘yinlarini tiklash va rivojlantirish borasida qanday islohotlar amalga oshirildi?
O‘zbek xalq o‘yinlarini rivojlantirishga qaratilgan qanday qonun xujjatlarini bilasiz?
O‘zbek xalq o‘yinlarini xalqaro nufuzi haqida nimalarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |