O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


II. BOB. MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNI O’RGANUVCHI NOMODDIY MADANIY MEROS FANI VA UNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə6/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

II. BOB. MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNI O’RGANUVCHI NOMODDIY MADANIY MEROS FANI VA UNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
2.1. Milliy urf-odat va marosimlarni o’rganuvchi Nomoddiy madaniy meros fani mazmuni
«O’zbekistonning nomoddiy madaniy meros» darsi oliy o`quv yurtlari talabalarining bilimlarini va madaniyatini oshirish, o`zbek milliy nomoddiy madaniy merosining yorqin sahifalarini o`rganishga qaratilgan. Bu esa o`z navbatida ularning bo`lajak kasblariga ijodiy yondoshishlariga xizmat qiladi.
« O’zbekistonning nomoddiy madaniy merosi» bo`yicha tuzilgan ushbu ishchi dastur ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi talabalariga mo`ljallangan.
O`quv fanining maqsadi va vazifalari.
Nomoddiy madaniy meros tushinchasi - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’gacha madaniy qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti(so’z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), o’ziga xoslikni ifodalash shaklllari, bilimlar va ko’nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog’liq jihozlar, predmetlar, artafektlar va madaniy makonlarni aks ettiradi.
Maqsadi: Yoshlarning ongida o’zbek xalqining asrlar mobaynida sayqal topib o’zgacha ahamiyat kasb etib qadriyat darajasiga yetgan urf-odatlari, xalq ijodiyoti hamda ular bilan bog’liq bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi.
Fanning vazifasi:

  • Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi talabalarini talab darajasida nomoddiy madaniy meros turlari, shakllari va bu boradagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;

  • Xalq og’zaki ijodi namunalari asosida talabalarda bu borada yetarli ko’nikmalar xosil qilish;

  • Xalq tomasha san’ati, o’yinlari to’g’risida yetarlicha tasavvurga ega bo’lishini ta’minlash;

  • O’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar yuzasidan talabalar bilimini yanada mustahkamlash;

  • Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma'muriy boshqaruv tizimini o’rgatish.

  • Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanishni o‘rgatish.


Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin