O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Chig‘atoy davlatining boshqaruv tizimi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə56/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

3.Chig‘atoy davlatining boshqaruv tizimi.
Mo‘g‘ullar asos solgan davlat yarim ko‘chmanchi tipdagi, asosan harbiy tartiblarga muvofiq kelgan davlat boshqaruviga ega siyosiy tashkilot edi. Chingizxon va uning avlodlari xon unvoni soxiblari edilar. Ularning ko‘li ostidagi boshqaruv tizimida turli unvon, martaba va mansab egalari bo‘lgan. Bunday amallarning aksariyati harbiy boshqaruv tartiblariga mos tushardi. Davlat boshqaruvida harbiy sarkardalar va qo‘shin boshliqlarining nufo‘zi ancha salmokli edi. Faqat ulug‘ xonga itoat etadigan maxsus harbiy bo‘linma - manbalarda keshik nomi bilan ataluvchi harbiy kiyim mavjud bo‘lib, undan o‘ta favkulodda xolatlarda foydalanilgan. Yirik harbiy bo‘linma boshida nuyonlar, bahodirlar va merganlar turgan. O‘n ming askardan iborat qo‘shin - tumanga xonning farzandlari ham boshchilik kilishgan. Tumanlar, o‘z navbatida, minglik, yuzlik, o‘nliklarga bo‘lingan va x.k.) bir bo‘ganda harbiy boshliqlar: mingboshi, yuzboshi va o‘nboshilar turgan. Chingizxon qo‘shinining asosiy qismi turli turkiy qabilalardan to‘zilgan bo‘lib, qattiq harbiy intizom o‘rnatilgan bu qo‘shin o‘z davrining xakikatdan ham qudratli jangovar armiyasi sanalardi.
Movarounnahr va Ettisuv mo‘g‘ullar davrida Chig‘atoy ulusi tarkibiga, Xorazmning g‘arbiy qismi Oltin O‘rda davlati, qolgan qismi Chig‘atoy ulusi tarkibiga kiritilgan edi. Chig‘atoy ulusi Ettisuvdagi Ili daryosi buyidagi Olmaliq shahridan turib boshqarilardi. Mo‘g‘ullar kuchmanchi xalq bo‘lganliklari uchun davlatni boshqaruv ishida anchagina no‘noq edilar. Shuning uchun ham ular bosib olingan hududlarni boshqarishda o‘zlari tomonidan tayinlangan noiblar yordamiga muxtoj edilar. Chig‘atoy ulusi davrida Movarounnahrni boshqarish ishlari mahalliy hukmdorlarga, mahalliy boy zodagonlar qatlamiga topshirilgan edi. XIV asrda Movarounnahrni xorazmlik yirik savdogar Maxmud Yalavoch (1226-1238) va uning ug‘li Mas’udbek (1238-1289) xon noibi sifatida boshqarib keldilar. Movarounnahrda juda kata huquqga ega bo‘lgan Maxmud Yalavoch va Mas’udbekning karorgoxi Xo‘jand shahrida edi. Noibning asosiy vazifasi - belgilangan soliqlarni yig‘ish va ulug‘ xon karorgoxiga etqazish, aholini itoatda saqlab turish hisoblanardi. Noiblar Xo‘janddan turib o‘z ko‘li ostidagi harbiy bo‘linmalar yordamida davlatni boshqargan, soliklarni yiqqanlar. Buxoroda esa mahalliy zodagonlar va ruxoniy rahbarlar mamlakatda boshqaruvni o‘z ko‘llariga olgan edilar. Bular mahalliy amirlar va sadrlar hisoblangan.
Movarounnahrni deyarli mustaqil boshqargan Mahmud YAlavoch 1238 yildagi Maxmud Torobiy boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi ko‘tarilgan xalq harakati tufayli o‘z vazifasidan bo‘shatiladi. Lenin Chingizxonga va undan keyingi mo‘g‘ul xonlariga ko‘rsatgan xizmatlari hisobga olinib, Xonbaliq (Pekin) shahriga gubernator qilib tayinlanadi. U bu lavozimda to umrining oxirigacha (1254) turgani ma’lum. Mavorounnaxrga noib etib tayinlangan Mas’udbek esa otasi siyosatini davom ettirib, mo‘g‘ullarga sodiq xizmat qildi.
Mo‘g‘ullar davrida maxsus xujjat-payzalarga ega bo‘lgan kishilar hamma mahalliy boshqaruvda katta nufuzga ega bo‘lganlar. Bunday alohida yorliqlarga ega xon xonadoni vakillari, turli darajadagi amaldorlar, savdogarlar va ruxoniylar kiyofasidagi ayg‘oqchilar joylarga safar qilganda mahalliy aholi ularni turar joy hamda oziq-ovqat va ot-ulov bilan ta’minlash kabi xarajatlarni koplashi shart edi.


Adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T.: Шарқ. 2000.
2. Сагдуллаев ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. T., 2000.
3. Сагдуллаев А.С., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. -Т., 2006.
4. Ртвеладзе Э.В. История государственности Узбекистана. – Т.: Узбекистан. 2009.
5. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin