O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


O’zbekistan hududidagi qadimgi davlatlar rivojlanishini davrlarga bo’lish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə10/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

O’zbekistan hududidagi qadimgi davlatlar rivojlanishini davrlarga bo’lish.
O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida qadimgi davrda davlatchilik evolyusiyasining miloddan avvalgi II ming-yillikning ikkinchi yarmi, miloddan avvalgi III asrgachadan - yangi eraning IV asri oralaridagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Davlatchilikning ilk shakli qaror topishi O’zbekiston janubida tarqalgan so’nggi bronza davrining o’troq-dehqonchilik madaniyatida yuz berdi. Uning yakunlanishi O’rta Osiyo xududida yangi eraning III asri birinchi yarmida mavjud bo’lgan Kushon va Parfiya imperiyalari halokati bilan deyarli bir vaqtga to’g’ri keladi. Qang’ davlati taxminan o’sha paytda inqirozga uchraydi.
Birinchi davr - miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmi – O’zbekiston janubida embrional shaklda davlatga o’xshash tuzilmaning qaror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda o’z aksini topgan deyish mumkin.
Ikkinchi davr - miloddan oldingi I mingyillikning boshi - miloddan avvalgi 539 yil - Baqtriya, So’g’d, Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat tizimining shaxobchali tizimiga ega bo’lgan davlatning ilk shakllarini ko’rish mumkin. Jumladan, «Avesto»dan o’rin olgan ma’lumotlar ham bundan dalolat beradi. «Avesto»da: nyman (uy-oila), vis (urug’, urug’ manzilgohi), zantu (qabila), daxyu (viloyat, mamlakat), shuningdek har xil oliy hukmron shaxslar, mamlakat, viloyat egalari (daxyu-patlar), Hukmdorlar, (sastrlar) va boshqalar eslatiladi.
Qadimgi Baqtriya va «Katta Xorazm» podsholiklariga o’xshash yirik hududiy yoki saklarda bo’lgani singari (Zarina, To’maris) ayol podsho boshchiligidagi qabilalar konfederatsiyasi ham xuddi shu paytda kelib chiqqanligi ham ehtimoldan yiroq emas.
Uchinchi davr - miloddan avvalgi 539 yil - milod­dan avvalgi 330 yil - Ahamoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
Ikki yuz yil davomida O’rta Osiyo janubi Ahamoniylar saltanati tarkibiga kirgan. Uning butun hududi satraplarga bo’lingan. Satraplar Ahamoniylar podshola­ri raznasiga kumush hisobidan talan to’lab turishgan. O’rta Osiyodagi satraplikdan uchtasi - Baqtriya, So’g’d, Xorazm to’liq yoki qisman hozirgi O’zbekiston hududida joylashgan edi.
Saltanatning halokatga uchrashi Aleksandr Makedonskiy kelishi bilan yuz berdi. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 330 yilda Axamoniylarning asosiy kuchlarini tor-mor etib, O’rta Osiyo hududiga Ahamoniylar taxtiga oxirgi talabgor - Baqtriya satrapi Bessning izidan quvib kirdi. Aleksandr Makedonskiy O’rta Osiyoni bosib olishga uch yil (miloddan avvalgi 330-327 yillar) sarflagan. O’rta Osiyo xalqlari, ayniqsa Spitamen boshchiligidagi so’g’dlar uning qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatgan.
To’rtinchi davr - miloddan avvalgi IV asr oxiri miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi boshi -Aleksandr Makedonskiy bosib olgandan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha (Yunon-Baqtriya podsholigining qulashi). Bir vaqtning o’zida mahalliy davlatchilikning tiklanishi jarayoni yuz bergan: miloddan
avvalgi IV asrning oxirgi choragada Xorazmda podsholik paydo bo’ladi. Arrian asarlaridan ma’lumki, miloddan avvalgi 329 yilda Marokandda Aleksandr Makedonskiy ittifoqchilik munosabatlari o’rnatish uchun kelgan Xorazm shohi Farasmanni qabul qiladi.
Miloddan avvalgi III asr oxirida - miloddan avvalgi II asrda Buxoroda, Dovon (Farg’ona)da, So’g’dda alohida mulklar shakllanadi. Ehtimolki, ayni shu davrda keyinchalik tarkibiga deyarli butun O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i kirgan Qang’ davlati qaror topishi yuz bergan. Aleksandr vafotidan keyin diadoxlarning shiddatli urushlaridan so’ng O’rta Osiyo janubi Salavkiylar saltanati (miloddan avvalgi 310-250 yillar) tarkibiga kirgan. Biroq miloddan avvalgi III asrning o’rtalaridayoq Salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot metropoliyaga qarshi qo’zg’olon ko’taradi va fanda Yunon-Baqtriya deb nom olgan mustaqil davlat tashkil etadi.
Yunon-Baqtriya podsholigi sak qabilalari (asiylar, pasinlar, sakaravllar), so’ngra xunlarning zug’umi bilan Baqtriyaga kelgan yueji-toxarlarning zarbalari ostida qulaydi. Yueji-toxarlar dastlab Shimoliy Baqtriyaga (Uzbekistonning hozirgi Surxondaryo viloyati va Shimo­liy Tojikiston) joylashadilar, so’ngra esa Baqtrada (hozirgi Shimoliy Afg’onistondagi Balx) poytaxtga asos solib butun Baqtriyani bosib oladilar. Ular alohida mustaqil mulklardan iborat bo’lgan o’ziga xos konfederativ tipdagi davlat barpo etadilar.
Miloddan avvalgi II asrda O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida xuddi shunga o’xshash Qang’ davlati shakllanadi. Ushbu davlat, Xouxanshuning ma’lumotlariga kura, beshta mulkdan iborat bo’lgan. Ularning har biri o’z tangasini zarb etgan. Bu ularning mustaqilligidan dalolat berardi. Beshinchi davr - miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi - yangi eraning I asri boshi - mahalliy davlatlar: Qanr, Xorazm podsholigi, Buxoro, So’g’d, Dovon mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuechji davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxariga qadar yoyilishi. Ushbu mulklarning deyarli har birida kumush yoki misdan yasalgan tanga zarb qilingan (Dovon bundan mustasno). Mahalliy so’g’d, xorazm yozuvlarining paydo bo’lishi tanga zarb qilish bilan birgalikda rivojlangan davlatchilikning asosiy belgisi hisoblanar edi.
Oltinchi davr - yangi eraning I asri boshi - yangi eraning III asri birinchi yarmi - antik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekistan janubining konfederativ Yuechji davlati asosida paydo bo’lgan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Ikki daryo oralig’ida davlat tuzilmalarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi. Balkim Chochda yangi mulkchilik paydo bo’lishi va o’z mis tangasining zarb qilishi. Xorazmda Afrigidlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi, bu yerda sulolaviy boshqaruvning an’anaviyligi. Bu, jumladan, davlat ramzi bo’lgan tanganing orqa tomonida otliq suvoriy tasviri berilishida ifodalangan.
O’rta Osiyo davlatlarida zarb qilingan davlat ramzi bo’lgan – tamg’a va sulola belgilarining keng yoyilishi Harbiy o’lka, Sharqiy O’rta yer mamlakatlari va Parfiya bilan diplomatik aloqalarning keng avj olishi bilan birgalikda davlat hokimiyatining barqaror va an’analarga ega bo’lgan xususiyatidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida Xan Xitoyi Chjai-Szyanning tashrifi tufayli o’zi uchun har­biy o’lkani, ya’ni O’rta Osiyoni kashf etadi, miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab esa O’rta Osiyo bilan Xitoy o’rtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshiriladi. Sivilizatsiya tarixida bi­rinchi marta G’arb va Sharq mamlakatlarini birlashtirgan qit’alararo Buyuk Ipak yo’lining qaror topishi ushbu munosabatlarning buyuk yakuni bo’ldi.
Mahalliy antik davrda (milodiy I asrda - milodiy II asrning birinchi yarmi) Shimoliy Baqtriya milodiy I asrning birinchi yarmida yuechji urug’laridan birining dohiysi Kudzula Kadfiz tomonidan asos solingan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirdi. Bu davrda o’zida mustaqil davlatni ifodalagan So’g’d (O’zbekistonning Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari) ehtimolki, u ham yuechjilardan kelib chiqqan Girkod sulolasi tomoni­dan boshqarilar edi.
Xorazmda Afrigidlar hokimiyat tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida xukmronlik qilgan. Buxoro va Dovon (Farg’ona), shuningdek, ehtimolki, Choch mustaqil davlatlar edi. Chochda (U-shu tipdagi xitoy tanglaridan foydalanuvchi Dovondan tashqari) o’z tangalari zarb qilinganligi ham shundan dalolat beradi. Transoksionning ushbu barcha mulklari Kang’ tarkibiga kirganligi ham istisno emas.
Milodiy III- asrlar O’rta Osiyo tarixida qadimgi buyuk imperiyalar - Kushon va Parfiya imperiyalarining halokatga uchrashi, ko’plab mayda mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, xionit va kidarit ko’chmanchi qabilarning bostirib kirishi, qadimgi ijtimoiy formasiyaning yemirilishi, iqtisodiyot, moddiy va ma’naviy madaniyatning muayyan darajada tushkunlikka yuz tutishi bi­lan tavsiflanadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin