O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə8/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

4.Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining demokratik qadriyatlari hukmron bo‘lgan hozirgi davrda erkin va mas’uliyatli shaxslarni kamol toptirish uchun davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvga huquqiy hodisa sifatida qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishning asosiga aylanadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, insonlar ijtimoiy hayoti faoliyatining turli ko‘rinishlari huquq yordamida ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga to‘shadi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo‘lib, shaxsiy va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, shaxsiy va jamoatchilik manfaatlarini o‘zaro murosaga keltiradi. Davlat fuqarolikning huquqiy asoslari bilan bog‘liq jamiyat shakli, insonlar hamjamiyati sifatida, hokimiyat va boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bilan band professionallar apparati sifatida huquqiy majburlash mexanizmlaridan foydalangan holda ijtimoiy munosabatlarni normallashtirish va umumiy ehtiyojlar, manfaat va farovonlikka uyg‘unlashtirish maqsadida o‘zining boshqaruvchilik, tashkil etuvchilik va tartibga soluvchilik borasidagi ta’sirini o‘tkazadi.
Davlat boshqaruvining huquqiy munosabatlari – bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish zarurati munosabati bilan davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, huquq me’yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlardan huquqiy me’yor shakllanadi. Huquqiy me’yor – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan, o‘zgaradigan va barham topadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadlarini ko‘zlaydigan xatti-harakat qoidalaridir. Huquqiy me’yorning o‘ziga xos tomoni shundaki, sub’ektlarning davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan xatti-harakat qoidalari ma’muriy choralar va tartib-intizom mas’uliyati bilan himoya qilinadi. Huquqiy munosabatlar sub’ektlari – bu ma’lum harakatlar sodir etish huquqi va majburiyatiga ega bo‘lgan shaxslardir.
O‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra huquqiy munosabatlar moddiy (boshqaruv sohasida paydo bo‘ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga solgan holda shakllanadi) huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida tartibga solinadi.
Davlat boshqaruvida vakolatlarni belgilash va ularni amalga oshirish uchun tegishli shaxslarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish – davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning belgilab qo‘yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar yig‘indisidir. Vazifa-vakolatlar - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konsti-tutsiya, qonun yoki me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas. Idoraviy vakolatlar – konstitu-siyaviy tushuncha bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish huquqini bildiradi.
Soha mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, davlat organining huquqiy maqomi quyidagilardir: davlat organining davlat apparati umumiy tarkibiy tuzilmasidagi holati va uning hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus ixtisoslashgan kichik tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va h.k.) mansubligi; davlat organi vakolatlarining ma’lum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va vakolatlarning huquqiy ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, tamoyillari, shakllari, usullari va tartib-qoidalari, ma’lum masalalarni hal etish tartibi va boshqalar.
Milliy qonunchilikning har qanday sohasi boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu huquqiy imkoniyatlar – buyruq-ko‘rsatma, ta’qiqlash va ijozatdir. Buyruq-ko‘rsatma – ijobiy majburiyat bo‘lib, huquqiy me’yorda ko‘da tutilgan biror-bir harakatni sodir etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Ta’qiqlash – huquqiy me’yorda ko‘zda tutilgan sharoitda biror-bir harakatni sodir etmaslik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Ijozat - huquqiy me’yorda ko‘zda tutilgan sharoitda muayyan harakatlarni sodir etish va o‘z ixtiyori bilan ularni sodir etishdan tiyilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-qism, 16-moddasiga binoan, davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlar asosida faoliyat yuritadi. Ushbu qonun quyidagi holatlarga ko‘ra, boshqaruv sohasida alohida ahamiyatga ega: boshqaruv davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining ko‘pgina sohalarini qamrab oladi; boshqaruv sub’ektlari o‘z vazifa va vakolatlarini huquq qo‘llanadigan faoliyatni amalga oshirish orqali bajaradi; boshqaruv idoralari o‘z vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarga asoslangan holda ularni bajarishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi; o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari faqat qonunda belgilab qo‘yilgan vaziyatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklashga olib keladigan ma’muriy majburlov choralarini qo‘llash sohasida keng vakolatlarga ega.
Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash bu sohadagi qonunlar va qonuniy hujjatlarning aniq va so‘zsiz bajarilishi, qo‘llanilishi, ularga rioya etilishi bo‘yicha shaxs va tashkilotlarning birgalikdagi faoliyatidan iboratdir. Bunday faoliyat quyidagi masalalarga qaratiladi: ijro hokimiyati va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida amaldagi qonun va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan talab va ko‘rsatmalarni bo‘zishga yo‘l qo‘ymaslik; bunday holatlarni o‘z vaqtida va tezkor aniqlash; ularni oldini olish va sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; aybdorlarni tegishli javobgarlikka tortish.
O‘zbekistonda qonuniylikni ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy-tarkibiy tuzilmalar (davlat idoralari va jamoat birlashmalari).
2. Tashkiliy-huquqiy usullar (alohida faoliyat turlari, amaliy usul va vositalar). Bu usullar ko‘zatish va nazoratdan iborat.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin