3.Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar. Mustaqillik tufayli Vatanimiz davlatchilik tarixini anglash, tadqiq etish, o‘rganish sari katta yo‘l ochildi. Bunda Yurtboshimizning shaxsan o‘zi tomonidan o‘zbek davlatchiligi konsepsiyasini yaratish va shu asosda davlatchiligimizning chin tarixini bunyod etish vazifasi qo‘yildi. Ana shu vazifani bajarish borasida tarixchilar, huquqshunoslar, siyosatshunoslar milliy g‘oya, mustaqillik mafkurasi ruhida yozilgan bir qator tadqiqot ishlarini nashr qildilar.
Bu o‘rinda Azamat Ziyoning monografik tadqiqotini ko‘rsatish mumkin. Asarda mavzuning o‘rganilganlik darajasi, manbaviy asosi umumlashtirilib berilgan. Kitob besh bobdan iborat bo‘lib, unda O‘rta Osiyodagi ilk davlatchilik, o‘rta asrlardagi o‘zbek davlatchiligi, jumladan, Amir Temur va Temuriylar davlati, Shay boniylar, Ashtarxoniylar davlatlari, o‘zbek xonliklari tarixi umum lashtirilgan. Mualliflar jamoasi (A.Sagdullayev, B.Aminov, O‘.Mavlonov, N.Norqulov)ning «O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. I qism» kitobida O‘zbekiston hududida davlatchilikning kelib chiqishi va uning rivojlanish bosqichlari, qadimgi va o‘rta asrlardagi o‘zbek davlatchiligi tizimidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot va uning o‘ziga xos xususiyatlari keng va katta hajmdagi arxeologik, etnologik, antrapologik va yozma manbalar asosida yoritilgan. Asarda davlatchilik mexanizmini, boshqaruv tizimini ochib beruvchi qator chizma (sxema)lar berilganki, ular orqali masala mohiyati,
shakl-shamoili o‘quvchida yaxshi tushuncha hosil qiladi.
Taniqli davlatshunos, huquqshunos olim Halimboy Boboyevning «O‘zbek davlatchiligi tarixi» kitobida o‘zbek davlatchiligi tarixi eng qadimgi davrdan o‘rta asrlarga qadar mavjud turkiy, forsiy, arab, xitoy, rus tillaridagi manbalar asosida keng va chuqur yoritgan. Asarda o‘zbek xalqining davlatchilik tarixi dunyodagi qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar tarixi bilan barobar bo‘lib, bundan taxminan uch-to‘rt ming yillar avval shakllangan. Bugungi kunga kelib, davlatchilik tarixi masalasi turli yangi ilmiy adabiyotlarda ko‘rib chiqilgan (E. Rtveladze, A. Saidov, D. Alimova),
jumladan, quiydagi muammolar: davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi, davlat kelib chiqishida nazariyalarning ko‘p xilliligi, O‘zbekistonda qadimgi davlatchilikning qaror topishi va rivojlanishi, davlatlar rivojlanishini davrlarga bo‘lish, O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlat turlari tahlil qilingan
B.Eshovning «O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. I qism» o‘quv qo‘llanmasida O‘zbekistondagi eng qadimgi davlatlarning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, davlatchilik tushunchasi, qadimgi
Baqtriya, Xorazm va Sug‘diyona, O‘rta Osiyodagi ahamoniylar davridagi boshqaruv, Qang‘, Davan, Kushon davlat lari, antik davr shaharsozlik an’analari, Avesto davlatchilik tarixini o‘rganishdagi muhim manba masalalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, asarda Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi davridagi boshqaruv tizimi faktik materiallar asosida tahlil qilingan. Ayniqsa, Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘az naviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari boshqaruv tizimlari va bu davlatlardagi
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyoti umumlashtirilgan.
Muallif davlatchilik tarixi masalalari bo‘yicha so‘nggi yillarda nashr
qilingan ilmiy adabiyotlar hamda yordamchi fanlar tadqiqotlaridan keng foydalangan. Qo‘llanmada ilk davlatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishining davrlarga bo‘linishi, davlat boshqaruvida siyosiy, mulkchilik va harbiy tizim, shuningdek, boshqaruvda mansablar va xizmatlar chizma (sxema)lar orqali keng ko‘lamda yoritilgan.
B.Eshovning navbatdagi «Qadimgi O‘rta Osiyo shaharlari tarixi» o‘quv qo‘llanmasida ham o‘zbek davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar, tarixiy umumlashmalar berilgan. Ayniqsa, shahardavlat to‘g‘risidagi materiallar diqqatga sazovordir. Bu asarning ham metodik saviyasi talab darajasida. Unda tayanch so‘zlar, savol va topshiriqlar, foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Vatanimiz hududidagi eng qadimgi davlatlar tarixini o‘rganishda bizga arxeologiyaga oid qazishmalar natijalari, mahalliy yozma adabiyotlar, masalan, «Avesto», Beruniyning «Osorulboqia» (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) kabi asarlar, qadimgi fors yozuvlari, yunonlik, xitoylik mualliflar yozib qoldirgan meroslar, asarlar yordam beradi. Ana shu hujjatlarning guvohlik berishicha o‘tmish ajdodlar miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida
temirni kashf etdilar. Natijada har qanday taraqqiyotning turtkisi bo‘lib kelgan mehnat qurollarining takomillashuvi uchun keng imkoniyat ochildi. Oqibatda inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mi loddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidayoq mintaqada tog‘ jismlarini (temir, qalay, qo‘rg‘oshin va h. k.) qayta ishlash, ulardan jang, mehnat qurollari yasash, kulolchilik to‘quvchilik, quruvchilik,
zargarlik kabi sohalarda foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari xuddi o‘sha davrda, ya’ni miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha kilometrni tashkil etgan sun’iy sug‘orish kanallari ishlab turgani tarixdan ma’lum. Bu hol sun’iy sug‘orish ishlari avlod-ajdodlarimizning qehqonchilik hayotida katta o‘rin tutganligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, qadimdan Xorazm vohasi don, moy beruvchi o‘simliklarni yetishtiradigan, polizchilik,
bog‘dorchilik, uzumchilik xo‘jaligi munosib ravishda rivoj topgan
o‘lkalardan biri bo‘lgan. Bunday katta hajmdagi xo‘jalik-ijtimoiy
ahamiyatga molik ishlarni e’tiborli va nufuzli kuchga ega bo‘lgan davlat tuzilmasi bo‘lmasa uni amalga oshirib bo‘lmasligi aniq. Zero miloddan avvalgi 1 minginchi yilning birinchi yarmidayoq O‘zbekiston hududida dastlabki davlat tuzilmalari bo‘lganligiga hech qanday shubha yo‘q. Turli yozma manbalarda bu davrda bir necha qadimgi davlatlar bo‘lganligi tilga olinadi. Bular: Xorazm — Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Baqtriya — hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari va Shimoliy
Afg‘oniston hududlari, Sug‘diyona — Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi hududlaridir. Quldorlik davlati O‘rta Osiyo sharoitida nisbiy xarakterga ega. Quldorlik davlati bo‘lib mintaqada tom ma’noda sodir bo‘lmagan. Xo‘sh, quldorlik jamiyati xususida qanday fikr bayon qilish mumkin?
Quldorlik jamiyati kishini kishi tomonidan eksplua tatsiya qilinishiga asoslangan jamiyatdir. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim jamiyatlarida shunisi bilan tavsifga loyiqki, quldorlar va qullar asosan qarama-qarshi sinflar bo‘lib kelgan. O‘tmishdan ma’lumki, eng qadimgi ilk davlatchilik birlashmalari bu miloddan avvalgi IV–III mingyilliklarda vujudga kelgan Mesopotamiya va Misr hisoblanib, qolgan hududlarda esa keyinroq, ya’ni miloddan avvalgi II–I mingyilliklarda vujudga kelgan va rivoj topgan.
O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi I mingyillikning boshlarida vujudga kelgan Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar Rim va Yunonistonga nisbatan birmuncha boshqacha yo‘ldan rivojlanib bordilar. Agar Yunoniston va Rimda qulchilik munosabatlari ijtimoiy taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan va ijtimoiy turmush tarzi to‘la tarzda belgilangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoda uning aksini ko‘ramiz. Bu yerda qulchilikning ayrim elementlari ma’lum tarzda mavjud bo‘lsa-da, jamoa mavqeyi katta bo‘lganligidan u
taraqqiyotning yuqori darajasiga ko‘tarila olmagan.
Adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T.: Шарқ. 2000.
2. Сагдуллаев ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. T., 2000.
3. Сагдуллаев А.С., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. -Т., 2006.
4. Ртвеладзе Э.В. История государственности Узбекистана. – Т.: Узбекистан. 2009.
5. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.