O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davrida boshqaruv (mil.avv. VI-IV asrlar)



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə14/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davrida boshqaruv (mil.avv. VI-IV asrlar).
Mil.avv. VI asrning o‘rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya podsholigi o‘rnida Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Ko‘pchilik ilmiy – tarixiy adabiyotlarda Kir II Ahamoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Ahamoniylarning Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi hukmdorlari qadimgi SHarqdagi juda ko‘plab mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirilganlar va shunday siyosat olib borganlar. Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, YUstin kabilarning ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda SHarqiy Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yy. ) Ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O‘rta Er dengiziga qadar bo‘lgan keng hududga o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Juda ko‘p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan Ahamoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.
Ahamoniylar hukmdorlarining O‘rta Osiy viloyatlarini bosib olishi ilmiy-tarixiy adabiyotlarda keng yoritilgan va alohida mavzu hisoblanadi. SHuning uchun ham ushbu bo‘limda davlatchilik tarixi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Ahamoniylar davlatining tuzilishi, boshqaruv tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, bu davr shaharlari masalalariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Markaziy boshqaruv organlari. Ahamoniylar davlatining oliy hokimiyati tepasida shohlar shohi-shahanshoh turgan. Hokimiyat ierarxiyasida fors zodagonlarining oila boshliqlari, asosiy o‘rin egallaganlar. SHahanshoh saroyida Kengash mavjud bo‘lib, bu kengashga fors zodagonlarining oila boshliqlari, yuqori martabali amaldorlar, noiblar, saroy amaldorlari kirganlar. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan barcha masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsada, hal qiluvchi qarorni shahanshoh qabul qilgan.
SHohlar shohidan keyingi o‘rindagi ikkinchi shaxs xazarpat (mingboshi) deb atalgan. U podsho gvardiyasi va davlat boshqaruvida shahanshohning asosiy yordamchisi hisoblangan.
Ahamoniylar davlatining bosh ma’muriy markazi So‘za shahri edi. Bu erda shoh devonxonasi mavjud bo‘lib, unda barcha davlat hujjatlari-shahanshoh farmonlari, nomalar, farmoyishlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir hujjatlar saqlangan. SHoh devonxonasi boshlig‘i dapirpant (mirzo boshi) deb atalagan. Uning qo‘l ostidagi devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, huquqshunoslar, mirzalar kabilar xizmat qilganlar.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin