O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə15/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Hududiy bo‘linish. Mil.avv VI asrlarning o‘rtalarida tashkil topgan ulkan ahamoniylar davlati tarkibiga hozirgi Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, SHimoliy Hindiston, YAqin SHarq, Kichik Osiyo, Misr kabi hududlar kirgan edi. Bu ulkan davlat ma’muriy-qaram o‘lkalar- satrapiyalarga bo‘lingan edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bu an’ana Midiya davlatidan qabul qilingan bo‘lib, Doro I davrida ma’mariy boshqaruvda islohatlar o‘tkazilib, butun davlat 20 ta ma’muriy-qaram satrapiyalarga bo‘linadi. Ularni satraplar (shahanshoh noiblari) boshqargan. Satrapiyalar ancha yirik bo‘lib, ayrim hollardi bir necha o‘lka va viloyatlarni birlashtirgan. Misol uchun, Parfiya, Girkaniya,Oriylar o‘lkasi, Xorazm va Sug‘diyona bitta satrapiya hisoblangan.
Satrapiyalarning chegaralari doimiy o‘zgarib turgan. Ta’kidlash lozimki, satrapiyalar hududlardagi xalqlarning etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar asosan forslardan shahanshoh tomonidan tayinlangan.
Satrapning saroyi va boshqaruv apparati qisqartirilgan ko‘rinishda shahanshoh saroyi va markaziy boshqaruv apparatini takrorlagan. Satrapning ikkita yordamchisi, devonxonasi va mirzalari bo‘lgan. Satrap o‘ziga berilgan hududlarning bosh qozisi ham hisoblangan. Satraplarning faoliyati doimiy ravishda markazdan nazorat qilib turilgan.
Qo‘shinlar. Ahamoniylarda asosini 10 ming qo‘shindan iborat polk tashkil etuvchi muntazam “o‘lmas” armiya mavjud bo‘lgan. Armiyaning oliy bosh qo‘mondoni shahanshoh hisoblangan. Undan kiyingi o‘rinda xazarpat-mingboshi turgan, Qo‘shinlar quyidagi qismlardan iborat bo‘lgan: 1-“o‘lmas” polk; 2- piyoda qushinlar; 3-otliq suvoriylar; 4-satrapiyalar qo‘shinlari; 5-yunon yollanma qo‘shinlari; 6-ko‘ngillilar qo‘shinlari. Qo‘shinlar 10,100, 1000 va 10000 kishilik qismlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir qismning o‘z boshlig‘i bo‘lgan. SHahanshohning shaxsan o‘zi har yili bir marta qo‘shinlarni ko‘rikdan o‘tkazib turgan.
Butun davlat hududi 4 ta harbiy okrugga bo‘lingan. Har bir okrugning harbiy boshlig‘i bo‘lib, u bevosita shahanshohga bo‘ysungan. Bo‘ysundirilgan o‘lkalar va chegara tumanlarida harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Harbiy boshliqlarning deyarli barchasi forslardan tayinlangan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin