O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Iqtisodiy funksiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtiomiy mehnat taqsimoti muhim o‘rin tutgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo‘jaliklarida er va suvni taqsimlash, qurilish va sug‘orish irrigatsiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, hishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash hamda savdo-sotiq aloqalari shular sirasiga kiradi. Ishlab chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida rejalash-tirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabi ishlarni bajarish vazifalari ham yuzaga kelgan.
Ijtimoiy funksiyalar qadimgi jamoalardagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy jihatdan boshqarib turish zaruratiga asoslangan.
Harbiy-siyosiy funksiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, harbiy qo‘shinlarni tashkil etish, vohalar hududlarida mudofaa ishlarini amalga oshirish, tuman va vohalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hamda munozarali masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida shakllanib rivojlangan.
Hududiy funksiyalar voha, tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish hamda boshqarib turish zarratidan kelib chiqqan.
Qadimgi davlat boshqaruvining ikkinchi bosqichi jamoalarda o‘zini-o‘z boshqaruv muassasalarining yo‘lboshchi hokimiyatiga to‘la bo‘ysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalar, huquqiy tartibot yanada takomil-lashib boradi. Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi1.

Tadqiqotlarga ko‘ra, jamiyatdagi inson faoliyati ta’sirida ro‘y beradigan jarayonlar hamda voqea-hodisalar bevosita boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq holda kechadi. Boshqaruv – bu muayyan jamoa yoki tashkilot a’zolarining faoliyat yo‘nalishini ta’minlaydigan, butun tashkilot va uning bo‘limlarini belgilangan maqsad doriasida ushlab turadigan, faoliyat turlariga ko‘ra, jamiyatning barcha jabhalarida o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan, muayyan rahbar kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifadir.


SHuning uchun ham lotincha “adminis-tratio” atamasi rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir), boshqaruvni anglatadi. Boshqaruv – tegishli ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida amalga oshiriladigan faoliyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Hozirgi kunda boshqaruv nafis san’at, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan bilan barobar bo‘lib, soha tadqiqotchilarining fikricha, zamonaviy boshqaruv vazifalari tizimi quyidagicha belgilanishi mumkin:
1. Tashkil etilgan tashkilot (jamoa, birlashma, idora va h.k.) rahbari va etakchisi sifatidagi faoliyati, a’zolarning birlashuvi.
2. O‘zaro hamkorlik – muloqotni yo‘lga qo‘yish va doimiy muloqot.
3. Axborotni qabul qilish, saralash va tarqatish.
4. Yangi texnologiyalarni muntazam joriy etib borish.
5. Mavjud zahiralarni taqsimlash.
6. Qoida bo‘zilishlarining oldini olish va kadrlar qunimsiz-ligini boshqarish.
7. Mo‘zokaralar olib borish, shartnomalar tuzish.
8. Innovatsiyalar o‘tkazish, raqobatbardosh loyihalar ishlab chiqish.
9. Doimiy reja asosida ish olib borish (rejalashtirish).
10. Xodimlar faoliyatini nazorat qilish va ularni yo‘naltirish bo‘yicha mutaxassis amalga oshirishi mumkin va lozim bo‘lgan vazifalarning barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo‘shimcha mablag‘lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko‘rinishlarda) ni yo‘lga qo‘yish kabi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari lozim bo‘lgan vazifalarnnng barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo‘shimcha mablag‘lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko‘rinishlarda) ni yo‘lga qo‘yish kabi faliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari lozim bo‘ladi.
Tadqiqotchilar insonning hayotning turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan quyidagi boshqaruv turlarini ajratib ko‘rsatadilar:
1. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarur shaklda ta’sir ko‘rsatish yo‘lini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan biologik boshqaruv.
2. Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o‘xshash holatlarni boshqarish bilan bog‘liq texnologik boshqaruv.
3. Insonning insonga ta’sir qilish vositalarini shakllan-tiruvchi jamiyat boshqaruvini nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv. Ijtimoiy boshqaruv o‘z xususiyatlari bilan qolgan ikkita boshqaruv turlaridan ajralib turadi.
Hozirgi kunda jahon xalqlari o‘rtasida integratsiya jarayon-larining tobora chuqurlashib borishi, iqtisodiy munosabatlar, axborot almashinuvi, yangi texnologiyalarning jadallik bilan kirib kelishi har bir to‘zum, jamiyat, tashkilot yoki jamoa oldiga o‘z faoliyatlarini ushbu hodisalarning buguni va kelajagini hisobga olgan holda tashkil etish vazifasini yuklamoqda. SHunga qaramasdan, boshqaruv organlarining faoliyat yuritishi hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Davlatdagi boshqaruv organlari mavjud erda esa, tabiiyki rahbar kadrlar ish olib boradi.
Davlatning qonunlar asosida ish yuritishi va mehnatni samarali tashkil etishi ma’lum tashkilotlar, jamoalar, idoralarning yashovchan-ligini ta’minlovchi omillari sifatida maydonga chiqadi. Ushbu omillarga ajralmas darajada bog‘lanib ketgan uchinchi omil – bu davlat boshqaruvida rahbarlik faoliyatidir. Tashkilot taraqqiyoti va uning barcha munosabatlari, shu jumladan, tashkilotning ichki munosabatlari ham uni boshqarayotgan rahbar yoki tashkilot tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi rahbarlar – rahbariyatning xatti-harakatlari natijasida amalga oshadi. SHuning uchun ham tashkilot samarali mehnat va uni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘ymasa, rahbar tashkilotga munosib faoliyat yuritmasa, u tanazzulga uchraydi.
Aynan mana shu sabablarga ko‘ra hozir biz yashayotgan jamiyatda rahbar kadrlar faoliyatini nazorat qilishda amaliy ish olib boruvchi tizimlar – komissiya, reviziya, attestatsiya kabi tuzilmalar mavjud bo‘lib, bu tuzilmalar ham davlat, ham nodavlat tashkilotlarga baravar xizmat ko‘rsatadi.
SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat va nodavlat idoralarining qonunlarni hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo‘lida o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va ma’muriy faoliyatidan iborat. Davlat boshqaruvi xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirila borib, quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
1. Ma’muriy ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakatlanishi.
2. Davlat boshqaruvi sub’ektlarining huquqiy-hokimiyat vakolat-larini ma’muriy tartibda amalga oshirish.
3. Boshqaruv sub’ektlari huquqiy me’yorlarni mustaqil o‘rnata oladigan ma’muriy qonun ijodkorligi imkoniyatlarining mavjudligi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin