O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Davlatlar paydo bo’lishining ishlab chiqarish usuliga asoslangan “Sharq yo’li, mulkchilikka asoslangan “Yevropacha yo’li”



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

2.Davlatlar paydo bo’lishining ishlab chiqarish usuliga asoslangan “Sharq yo’li, mulkchilikka asoslangan “Yevropacha yo’li”.
Davlat boshqaruvining paydo bo‘lishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi bosqich bo‘ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi va takomillashuvida O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda yashagan xalqlarning ham hissasi katta bo‘ldi.
Dunyo tarixida shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa davlatning paydo bo‘lishi uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo‘llar bilan bo‘lib o‘tgan.
Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "SHarq yo‘li" bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan.
Ishlab chiqarishning osiyocha usuli miloddan avvalgi IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi mintaqalarda yoyilgan.
Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropa yo‘li» Evropa mintaqasida mil.avv.V asrdan boshlab miloddiy III asrgacha qadimgi polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi.
Ma’lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan hudud bilan bog‘liq bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. SHunga qaramay, Qadimgi SHarqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi SHarq davlatchiligi tarixi bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Qadimgi SHarq turli hududlaridagi tabiiy sharoit o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pincha davlatlarning paydo bo‘lishi ushbu holat bilan bevosita bog‘liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi SHarq xalqlari tarixiy taqdirida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar mavjudligi Qadimgi SHarq ijtimoiy tuzilmasining muhim o‘ziga xos tomoni edi. Barcha Qadimgi SHarq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda ko‘plab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida boshqaruv tartibi mavjud edi. Yirik ishlar, ayniqsa sug‘orish tartibi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilganda ko‘pgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini ta’minlar edi.
Ko‘p hollarda tadqiqotchilar jamoalarning birlashuvi natijasida paydo bo‘lgan davlatchilik tizimini murakkab sug‘orish tartibi tashkil etilishi, erlarni sun’iy sug‘orilishi, daryo vohalari va tog‘ oldi hududlarining o‘zlashtirilishi hamda to‘g‘onlarning qurilishi bilan bog‘laydilar. YUqoridagi omillarning mavjud bo‘lganligi aniq. Lekin, fikrimizcha, ularni tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisob-kitobchilar va hukmdorlar zarurati tug‘ilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu murakkab tizim xavfsizligini ta’minlash uchun qurolli guruhlar tuzish, hamda ma’lum hududlarni mudofaa inshootlari bilan o‘rab olish kerak bo‘lgan. SHu tariqa jamiyatda ikkita yangi tuzilma- shahar va davlat paydo bo‘la boshlaydi.
Davlat yoki shahar-davlat ma’lum hududlarni o‘z nazoratiga olishi va bu hududlarni kengaytirib borishi natijasida chegaralar paydo bo‘lgan. Hududlarning kengayishi va chegaralarning o‘zgarishi natijasida davlatlar o‘rtasida urushlar kelib chiqadi. CHegaralar masalasida ta’kidlash joizki, qadimgi davrlarda ular ko‘p hollarda tog‘lar va dasht hududlar orqali, ayrim hollarda esa daryolar orqali o‘tgan. SHuning uchun ham tarixiy yondashuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari o‘zgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo mos tushmaydi.
O‘rta Osiyo, umuman O‘zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda Bu o‘rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo‘lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir1. Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin