O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK
http:eduportal.uz


138
- soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, to‘lanishi va davlat 
budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash;
- soliq solish obyektlari va subyektlarining to‘liq va aniq hisobini 
yuritish;
- soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini 
oshirish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Shu va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda Davlat soliq qo‘mitasi 
Soliq kodeksiga og‘ishmay amal qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 
2019- yil 1- yanvardan boshlab yangilangan, xalqaro tajribani e’tiborga 
olgan holda yaratilgan soliq tizimi amalga kiritildi. Bunda soliqlar soni 
kamaytirildi, soddalashtirildi. Soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki birmuncha 
yengillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, 
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha bosh-qarmalari
bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iborat 
bo‘lgan bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi 
organlardir. Ular O‘zbekiston Respublikasining yagona 
bojxona siyosatini amalga oshirishga mas'uldirlar. Bojxona organlarining 
asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan 
iboratdir.
Bojxona organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, boshqa 
qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qilgan holda yuritadilar.
Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan bojxona haqidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, bojxona to‘lovlarini undirish, 
bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga 
chek qo‘yish kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bojxona sohasini ham 
chetlab o‘tmadi. Natijada mamlakatimizda tubdan yangilangan, zamonaviy, 
xalqaro andozalarga mos bojxona tizimi yaratilmoqda.
http:eduportal.uz



Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin