136
talon-tarojlikning oldini olish, sud xujjatlari va boshqa xujjatlarning ijrosini
so‘zsiz ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan mablag‘lar
elektr va
gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish, aholining
turmush darajasi va
farovonligini oshirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritish tartibi
va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Prokuratura
to‘g‘ risida”gi qonuni asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-
yil 14-
martdagi
“O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmatiga aylantirildi.
Bunda har qanday, hatto kichik ko‘lamdagi
muammo ham mamlakatning milliy xavfsizligiga dahli bordek bu maxsus
xizmat masalalari doirasiga kiritilishi va uning vakolatlarini haddan tashqari
kengaytirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik farmonda nazarda tutilgan
muhim
jihatlardandir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat ahamiyatidagi haqiqiy
tahdidlarnigina o‘z vakolat doirasida deb qarashi hamda ularning oldini
olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishni o‘zining
maqsad va vazifasiga
aylantirishi bu farmonda belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, ushbu farmon xavfsizlik
xizmati sohasidagi tub islohotlarga asos soldi deb aytsa bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq
va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Res -
Dostları ilə paylaş: