O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 yoshdan 18



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 yoshdan 18 
yosh gacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 
yosh gacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan osh may-
di gan qilib belgilanadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda esa o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan 
bola lar katta yoshdagilar bilan teng huquqda bo‘ladilar. Ular ish vaqti, ta’til-
http:eduportal.uz


171
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
171
171
lar va boshqa mehnat shartlari bo‘yicha ular uchun mehnat to‘g‘risidagi 
qonun lar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha va imti-
yoz lardan foydalanadilar. Ularga belgilangan me’yordan ortiq yuk ko‘tarish 
va tashish lariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodir ota-onasining, vasiylik va homiylik organining roziligi 
bilan kichik korxonaga ishga joylashdi. Biroz vaqt ishlaganidan so‘ng 
u ishdan bo‘shash to‘g‘risida korxona rahbarini ogohlantirdi va yozma 
ariza berdi. Korxona rahbari Nodirning arizasini rad qildi va ota-
onasining yozma roziligini olib kelishini so‘radi. 
Sizning munosabatingiz. Korxona rahbari to‘g‘ri yo‘l tutdimi?
Shuningdek, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilarning 
ish vaqti muddati o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar 
ish vaqti eng ko‘p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas. Qola-
ver sa, bolalar tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish 
kun laridagi ishlarga jalb qilinmasligi lozim.
Bundan tashqari, ishni o‘qishlari bilan birga olib borayotgan voyaga 
yet maganlarga ish beruvchilar zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak 
bo‘ ladi.
Shu o‘rinda, ham o‘qib, ham mehnat qilishni xohlovchi voyaga yet-
ma gan bola larga mamlakatimizning mehnat qonunchiligida bir qancha 
im ti yozlar beril ganligini aytib o‘tish lozim. Bulardan, qo‘shimcha ta’tilga 
chi qish, qis qartirilgan ish haftasi kabilarni misol qilish mumkin.
Agar umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan bolalar haftasiga olti kun 
ishla salar, ularga o‘quv yili davomida kamida o‘ttiz olti ish kuni miqdorida 
ta’til berilishi kerak bo‘ladi.
Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o‘quvchilarga ish joyida oladigan 
o‘rta cha oylik ish haqining kamida ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda 
haq to‘lanadi. 
O‘quvchilar uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlarida 
dav lat imtihonlarini topshirish paytida yigirma ish kunidan kam bo‘lmagan 
ta’til beriladi.

Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin