O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

173
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
173
173
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Sharhlang! 
Har qanday mehnat insondan shaxsiy irodaviy faoliyatni talab qiladi 
va inson tomonidan shaxsan amalga oshiriladi, shu sababdan har qanday 
meh natga layoqatli shaxs bir vaqtning o‘zida huquqiy layoqatga va 
muomala layoqatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ijodiy faoliyat
Faraz qiling, siz korxona rahbarisiz. Sizga 14 yoshli va 16 yoshli 
ikki ta bola ishga joylashish uchun murojaat qildi.
Sizning xatti-harakatlaringiz qanday bo‘lishi lozim? Siz ularga qan-
day ishlarni taklif qila olasiz? Ularga qanday shart-sharoitlar yaratib 
ber gan bo‘lar edingiz? Ularga qanday imtiyozlar bergan bo‘lar edingiz? 
Agar ular ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berishsa, qanday hujjatlar 
talab qilgan bo‘lar edingiz?
1. Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan voyaga yetmagan bolalarni necha 
yosh dan ishga olish mumkin?
2. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ishga qay tarzda joylashadilar?
3. Bolalarning qay sharoitlarda mehnat qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi?
4. Mehnat qonunchiligiga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bola-
lar ga ish vaqti haftasiga necha soat, 14 dan 16 yoshgacha bolalarga necha 
soat qilib belgilanadi?
5. Ham o‘qib, ham mehnat qiluvchi voyaga yetmaganlarga qonunchiligimizda 
qan day imtiyozlar ko‘zda tutilgan?
6. Bu imtiyozlar qay tarzda belgilanishi lozimligini tushuntiring.
7. O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishni 
tar tibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo‘yicha 
qan day xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifi katsiya qilgan? 
Hikmatlar xazinasidan!
Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi 
va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir. (
Majididdin Xavofi y
)

Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin