VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI
http:eduportal.uz
172
Ustaxona ma’muriyati o‘n besh
yarim yoshli o‘smirni gaz payvandchisi sho-
gir d i qilib mustaqil ravishda ishga qabul qila-
di. Tib biy tekshiruvda shifokor (kasbni ko‘r -
sat ma gan holda) ushbu o‘smir ishlab chi qa rish
a ma li yotini o‘tishi mumkin degan ma’lu mot-
no ma beradi. Uning uchun 6 soatlik ish kuni
belgi lanadi (maxsus qo‘shimcha to‘l ov siz).
Biroz muddatdan keyin prokuror yor dam chi si
mehnat qonunchiligiga rioya qili nishini umu-
miy nazorat qilish tartibida tek shirish o‘tka-
zib, tuman prokuraturasi orqali ustaxona mudiriga yozma bayon noma
yubo radi va unda shogirdini boshqa ishga o‘tkazishni hamda o‘s mir lar
meh natini muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikning bir qator buzi lish
hol larini tugatishni talab qiladi.
1. Prokurorning talabi asoslimi?
2. Ustaxona ma’muriyati tomonidan mehnat qonunchiligi buzilishining
qan day hollari sodir bo‘ldi?
3. Shunga o‘xshash holatlarda qonunchiligimizda sud tomonidan huqu-
qiy javobgarlikning qanday turlari ko‘zda tutilgan?
Maktabning sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlarini topshirish vaqtida,
ishla yotgan o‘quvchiga, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda to‘rt kundan olti
kun gacha ishdan ozod qilish belgilab qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishni
tartib ga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo‘yicha
ko‘p gina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi,
jumla dan, 2008- yil 4- apreldagi O‘RQ – 140- son Qonun bilan “Ishga
qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva,
1973- yil, 26- iyun), 2008- yil 8- apreldagi O‘RQ – 144- son Qonuni bilan
esa, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir
shoshi linch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva, 1999- yil, 17-
iyun) ratifi katsiya qilgan.
http:eduportal.uz
|