30
Davlat quyidagi asoslarga ko‘ra turlarga bo‘linadi:
boshqaruv shakli;
hududiy tuzilishi; siyosiy tartib (rejim).
Boshqaruv shakli
ga ko‘ra davlatlar
monarxiya
va
respublika
turlariga
bo‘linadi.
Davlatning boshqaruv shakli
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Rasmlardagi bayroqlar qaysi davlatlarga tegishli?
2. Ushbu davlatlardagi davlat rahbarlari qanday nomlanadi?
3. Bayroqlari chap guruhdagi mamlakatlarning davlat boshqaruv
ti zi mida qan day umumiylik bor ekanligini bilasizmi? O‘ng
guruh dagi mam lakatlardagini-chi?
4. Monarxiya va respublika atamalari bilan tanishmisiz? Bu ata ma-
lar nimani anglatishini bilasizmi?
5. Bu atamalar siz bilgan qaysi mamlakatlarning nomlari bilan qo‘-
shib ishlatiladi?
6. Tarix fanidan sizga ma’lum bo‘lgan monarxiya va respublika
dav latlarini eslab, ularni sanab berishga harakat qilib ko‘ring.
7. O‘zbekistondagi davlat boshqaruviga nisbatan yuqoridagi ata-
ma larning qaysi biri qo‘llaniladi? Nima uchun bundayligi ha-
qi da hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar o‘ylab ko‘rgan bo‘l san giz
qan day xulosaga kelgansiz?
6- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
http:eduportal.uz
31
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
31
31
Monarxiya
– oliy hokimiyat yakka hokim – davlat boshlig‘ining qo‘lida
bo‘l gan davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yak-
ka-hokim (monarx)ning farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka-hokimning
qaroriga ko‘ra boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston hududida tarixda mavjud bo‘lgan monarxiya boshqaruviga
misol qilib Temuriylar davri davlatchiligini keltirish mumkin.
Buyuk Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar
davri davlat boshqaruvi
va huquq ning rivojlanishida yangi davr bo‘lgan. Amir Temur davlat bosh-
qa ruvi soha sida o‘tmishda mavjud bo‘lgan siyosiy boshqaruv tajribalaridan
keng foy dalana olgan. Uning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u dav lat-
chi likning
boshqaruv tizi mi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari,
hu qu qiy asoslarini yangi tarixiy sharo itda takomillashtirdi. Davlat bosh-
qa ruvi tizimi islom qonun-qoidalariga asos langan. Qozilar shaxsan Amir
Te murning o‘ziga hisobot berib turgan. Temur qat’iy
tartiblar va qonunlarni
o‘z tuzuklarida ifodalagan.
Monarxiyaning asosiy
belgilari
quyidagilardan iborat:
1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat
bosh lig‘i
sifatida maydonga chiqadi;
2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
3) monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
4) monarx o‘z faoliyatida mustaqildir;
5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning
alohida tartibi mavjud;
6) umrbod boshqaruv;
Dostları ilə paylaş: