41
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
41
41
kurash va huquqiy tartibot borasidagi ishlarda qo‘llaniladigan usullar ham
siyosiy tartibotni aniqlovchi bel gi lardandir.
Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo‘lsa, bu davlatda fuqarolar
umume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to‘la
foydalanadilar, davlat
esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.
Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni bosh qa rish-
dagi qo‘llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tar tibot
deb ataladi.
Siyosiy tartibot asosan ikki xil bo‘ladi:
1. Demokratik
;
2. Nodemokratik
.
Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy
va fuqarolik huquqlari
hur mat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularninng
fa oliyatida faol ishtirok etadilar. Demokratik
hokimiyatning yagona manbai
xalq hisoblanadi.
“Demokratiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq hokimiyati” degan
ma’noni anglatadi.
Insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari e’tirof etilib, hurmat
qili nadigan, davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi ta-
mo yili asosida amalga oshiriladigan va ozchilikning manfaatlari hi mo-
ya qilinadigan siyosiy tartibot – demokratik siyosiy tartibot deb ataladi.
Demokratik tartibot belgilari:
1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi;
2) inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof
qilinishi va
kafo latlanishi;
3) davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili
asosi da
amalga oshirilishi;
4) hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi;
5) ijtimoiy hayotda fi krlar xilma-xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiy
bir lashmalarning ko‘pligi;
6) qonun ustuvorligi.
Dostları ilə paylaş: