43
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
43
43
Davlat organlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq deputatlari
kengashlari;
b) Ijroiya organlari: davlat boshlig‘i (prezident, monarx), hukumat,
vazir lik va davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (pro ku-
ratura, ichki ishlar
vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar);
d) Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari);
e) Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud, Oliy
sud va uning viloyat (shahar bo‘g‘inlari).
Demokratik davlatda davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi barcha
davlat organlari yaxlit tizimni hosil qiladi va bu tizim
davlat mexanizmi
deb yuritiladi.
Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga
oshi ri ladi va bu idoralar huquqshunoslik
fanida
davlat organlari
deyiladi.
Davlat mexanizmi – jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini
himo ya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.
Demak, davlat organlari davlat mexanizmining tarkibiy qismlari
bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha
zarur
vakolatlarga ega. Har bir davlat organi boshqa davlat organlari bilan, ya’ni
davlat mexanizmining boshqa tarkibiy qismlari bilan uzviy aloqadadir.
Davlat organi
– qonunga muvofi q ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiy
hayot ning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan
vako latiga ega bo‘lgan davlat idorasi yoki muassasasi.
Dostları ilə paylaş: