68
- Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi,
Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlaydi;
- Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga qo‘yadi va
lavozimdan bo‘shatadi;
- Oliy Majlis Senatiga Konstitutsion, Oliy sudlar raislari, ularning
o‘rinbosarlari, Markaziy bank raisi nomzodlarini taqdim qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan
chiqarish masalalarini hal qiladi;
- Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiya
va qonunlarda belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi.
Vakolati tugashi munosabati bilan istе’foga chiqqan Prеzidеnt umrbod Sеnat
a’zosi lavozimini egallaydi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
Qo‘mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini
vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy unvonlar beradi.
Prezident zarur paytlarda butun mamlakat bo‘yicha yoki ayrim
hududlarda favqulodda vaziyat yoki urush holatini joriy qilish huquqiga ham
ega. Bunda uch kun muhlat ichida bunday yechim Oliy Majlisga tasdiqlash
uchun taqdim qilinadi.
Qonunchilik palatasi yoki Sеnat tarkibida ularning normal faoliyatiga
tah did soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtilofl ar yuz bеrganda yohud ular
bir nеcha marta O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar
qabul qilgan taqdirda, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston
Rеs publikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori
aso si da O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi,
Sеna ti tarqatib yuborilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: