O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
159
159
Jinoyat qonunchiligida voyaga 
yetmaganlarning huquq va majburiyatlari
JINOYAT 
KODEKSI
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. 1-3- rasmlardagi tasvirlarni tavsifl ang. 
2. Ushbu rasmlardagi bolalar kelajakda qanday insonlar bo‘lib 
yetishishlari mum kin deb o‘ylaysiz. Ularning porloq kelajaklari 
uchun qanday kafolatlar mav jud? 
3. 4- rasmdagi bolaning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarining oqibati 
qanday bo‘lishi mumkinligi haqida nimalar deya olasiz?
4. 6- rasmdagi bola nima sababdan bunday holatga tushgan?
5. 4- va 6- rasmlardagi bolalarni jazolash zarur ekanligini asoslashga 
harakat qiling. Bunda ularni qilmishlari uchun jazolamaslik qan-
day oqibalarga olib kelishi mumkin ekanligidan kelib chiqing.
6. Voyaga yetmaganlar va kattalarning jinoiy javobgarliklari o‘r ta si-
da farq bo‘lishi kerakmi yoki yoqmi? Fikringizni asoslab berishga 
ha rakat qiling.
Huquq buzish harakatlari turli-tuman bo‘lib, ular huquq sohasining turli 
tarmoqlari bilan ta’qib qilinadi. 
1
2
3
4
5
6
28- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI
http:eduportal.uz


160
Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to‘rtta guruhga 
aj ratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy 
huquq buzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan 
o‘x shashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquq bu zar lik lardir. Ularning 
tajo vuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O‘z bekiston 
Res publikasi Jinoyat kodeksining 2- moddasida jinoyat qonuni bilan qo‘riq-
la na digan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinlikla-
rini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinch likni, inso-
ni yat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutil sa, Ma’muriy 
javob garlik to‘g‘risidagi kodeksning 10- moddasida shaxsga, fu qa rolarning 
huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tar ti biga, 
tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tu tiladi.
Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgan
taqdirdagina qo‘llanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat ko dek si 16- moddasida, 
jinoyat uchun javobgarlik 

jinoyat sodir etishda ayb dor bo‘lgan shaxsga 
nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi 
qo‘llanilishida ifoda lanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir, 
deb yozilgan.
Jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan shaxs-
lar gina jinoyatning sub’ekti bo‘ladilar. Qonun da belgilangan yoshga yet-
magan kichik yoshdagilar o‘zlarining yoshi, ruhiy va jismoniy rivojlanishi 
jihatidan o‘z qilmishlari uchun hali to‘la javob bera olmaydilar, o‘z harakat 
(yoki harakatsizlik)larini to‘la boshqara olmaydilar. 
O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z ha ra-
kat larining ijti moiy xavfl iligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni og‘ir lash-
tiradigan holatlarda qasd dan odam o‘ldirish bundan mustasno) hali to‘la
ang lab yeta olmaydi. O‘n to‘rt yoshga to‘lganlar esa ayrim qilmishlarning 
jino yat ekanligini anglaydi, o‘z hara katlarini to‘la boshqara oladi. Shuning 
uchun JKning 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat sub’ekti bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish ishlari, 
qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin.
http:eduportal.uz



Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin