167 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 167 167 ti rilishi mumkin. Agar u o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning ismi yoki
fami liyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor
bo‘lish huquqiga ega emas.
Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga
ega lik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidan
yo ki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda
bo la ga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa
tur da gi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti,
ta’ lim-tarbiya olishi uchungina sarfl anishi kerak bo‘ladi.
Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham
mum kin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday
mulk ka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda
had ya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va
tad bir korlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki
hi sob lanadi.
Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi
buyum lari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar)
ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Amerikalik bir do‘stimning uyiga mehmonga bordim. Do‘stim
bilan hol-ahvol so‘rashib turgandim, uning o‘g‘li o‘qishdan keldi.
– Ota men keldim. “Salom” dedida (inglizchada) yuqori qavatdagi
o‘z xona siga chiqib ketdi. Biroz vaqt o‘tib, allaqanday rok guruhining
musiqasi uyni to‘ldirib yangray boshladi. Men do‘stimga, – hozir bosh
og‘ri g‘idan shikoyat qilayotgan eding, o‘g‘lingga aytsang bo‘lmaydimi,
sal pasaytirsin, – dedim. Do‘stim menga: “Bu o‘g‘limning huquqi, men
unga pasaytir deya olmayman, u dam olyapti”, – deb javob berdi.
1. Bizning milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan ushbu oiladagi huqu qiy munosabatlarni ijobiy baholash mumkinmi? 2. Bola o‘z huquqidan foydalanar ekan, boshqalarning qanday huquq- larini buzdi?