183 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 183 183 Og‘ir oqibatning oldini olish choralari tes aniqlanganini e’tiborga olib,
zararlangan moddalarni suvga oqizgan korxonaning lavozimli shaxslariga
ma’muriy jazo qo‘llash bilan cheklanishdi.
Quyidagi ma’muriy jazoning qaysi birini bu misolda qo‘llash
mumkin? Agar ayrim fuqarolar tomonidan bunday tartibbuzarlik bo‘lsa,
qanday choralar qo‘llaniladi?
Agar ko‘p miqdorda baliqlar nobud bo‘lganida, korxona rahbarlariga
qanday choralar qo‘llanilar edi?
A) jarima;
B) axloq tuzatish ishlari;
D) musodara qilish.
10. A. ismli xizmatchi ishdan bo‘shash to‘g‘risida “o‘z roziligi” bilan
deb ariza yozdi. Bir qancha vaqt o‘tgach rahbar chaqirib arizani qayta
yozishni va ishdan bo‘shash sababini ko‘rsatishni talab qildi. A. rozilik
bildirmadi.
Bu vaziyatda kim haq?
11. T. ismli haydovchi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi
tufayli qimmatbaho asbobni ishdan chiqarib qo‘ydi. Korxona rahbari unga
hayfsan berish bilan bir qatorda keltirilgan zararni qoplash, jarima to‘lash
choralarini ko‘rdi. T. rozi bo‘lmadi.
Ma’muriyat harakati qonuniymi?
12. Ish vaqti tugashiga bir soat qolganda 17 yoshli M. ishdan qaytish
uchun eshik oldiga kelganida, bo‘lim boshlig‘i “Hali erta emasmi?” deb
so‘rab qoldi.
Bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi ning qaysi
moddasini bilishi shart?
13. 16 yoshli xodim S. 6 oy ishlaganidan so‘ng unga mehnat ta’tili
berishni rahbaridan so‘radi. Rahbari hali ishlaganiga 6 oy to‘lmaganligini
hisobga olib ta’til bermadi.
Rahbarning xatti-harakati mehnat qonuniga zidmi yoki yo‘qmi?
“O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI” DAN MASALALAR http:eduportal.uz