180
to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirish faqat
uning roziligi
bilan amalga oshiriladi.
▪ Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros
tariqasida olgan mol-mulki,
shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik
faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki
ularning xususiy mulki
hisoblanadi.
▪ Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-
kechak, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning
xususiy mulki hisoblanadi.
▪ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda
katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo‘ladilar.
▪ 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan
ish kuni qilib belgilanadi.
▪ 15-16 yoshgacha bo‘lgan (ta’til davrida ishlayotgan 14 yoshdan 16
yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun) shaxslar uchun haftasiga yigirma
to‘rt soatdan oshmaydigan ish kuni qilib belgilanadi.
▪ Ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda
16 yoshga to‘lgan shaxslar tortiladilar.
▪ Jinoyat sodir etilgunga qadar 13 yoshga to‘lgan
shaxslar javobgarlikni
og‘irlashtiradigan holatlarda – qasddan odam o‘ldirganliklari (JK 97
moddasining 2- qismi) uchungina jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
▪ Jinoyat sodir etilgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxslar quyidagi
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar:
– qasddan odam o‘ldirganliklari;
– qasddan badanga o‘rtacha og‘ir
shikast yetkazganliklari;
– nomusga tegish;
– ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayri
tabiiy usulda qondirish;
– odam o‘g‘irlash;
– bosqinchilik, tovlamachilik,
talonchilik;
– mulkni qasddan nobud qilish yoki unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazish;
– ozodlikdan mahrum
etish joylaridan qochish;
– o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish
qurilmalarini, radiaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash;
– temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo‘llarini
yaroqsiz
holatga keltirish;
http:eduportal.uz