181 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 181 181 “O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI” DAN MASALALAR 1. Maktabni radio mutaxassisligini egallash bilan birga bitirgan
o‘quvchi: “Zavodga ishga kirishdan oldin zavod unga necha soat ish
vaqti belgilashi lozim”, – degan savolni yechish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Konstitut siyasiga murojaat qildi, lekin Konstitutsiyadan
savoliga javob topa olmadi. Yosh ishchi qaysi qonundan javob topishi
mumkin? Konstitutsiya nega asosiy qonun deyiladi?
2. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9- moddasida jamiyat va davlat
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumiy ovozga (referendum)ga qo‘yiladi, deb ko‘rsatilgan.
Aytingchi, nimalar umumxalq ovozi bilan hal qilinadi?
3. O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasining a’zosi N. endi 18
yoshga to‘lib, hayotida birinchi marotaba saylovga qatnashishi kerak
edi. Lekin, musobaqa uchun boshqa shaharga ketishi tufayli N. saylovga
qatnasha olmayman, deb achindi.
Aytingchi, N. saylovga qatnashadimi? Agar qatnashsa, qanday turda
o‘z huquqini amalga oshiradi?
4. Respublika Konstitutsiyasi va “Mulk to‘g‘risida”gi qonun
fuqarolarning xususiy mulkka egaligini bildirdi, turar joylar ham
xususiylashtirildi. Bu qonundan foydalanib, fuqaro M. uyining xonalarini
o‘ziga yoqadigan shaklda o‘zgartirish ishlarini bosh ladi, ayrim devorlarni
olib tashladi, ikki xonadan katta bir uy tuzdi, oshxonani balkonga ko‘chirdi.
Uy boshqarmasi xodimlari M. ga tanbeh berib, hamma xonalarni eski
holatga keltirishni buyurdi. Bu uyda boshqalar ham istiqomat qilishini
unga uqti rishdi.
Aytingchi, kim haq?
– transport vositasini olib qochish;
– giyohvandlik yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda
egallash;
– aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik qilish
.