184 14. Quyida ko‘rsatilgan xizmatchilarga qaysi turdagi ish vaqti
qo‘llanilishi Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan (qisqartirilgan, to‘liqsiz)?
A) kasal onasiga qaragan xodimga;
B) 16 yoshli xodimga;
C) yosh bolali xodimga;
D) zararli ishda ishlaydigan xodimga;
E) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiydigan xodimga.
15. Sex boshlig‘i 16 yoshli ishchini ishdan tashqari ishlashi to‘g‘risida
buyruq berib, ikki hafta ishlashini so‘radi. Lekin ishchi rozilik bildirmadi.
Sex boshlig‘i unga hayfsan e’lon qildi.
a) Bu vaziyatda sex boshlig‘ining harakati qonuniymi?
b) Qonuniy bo‘lmasa, ishchi qayerga murojaat qilishi mumkin?
16. F. ismli fuqaro bir necha kun o‘z uyining oynasidan ikki o‘spirin
qo‘shnisining mashinasi atrofi da yurganini ko‘rdi. Kunlardan bir kun
qo‘shnisining mashinasining ikki g‘ildiragi o‘g‘irlanganligini bilib qoldi.
Qo‘shnisining: “Kim o‘g‘irladi?” — degan dod-voyiga F.: “Kim o‘g‘irlar
edi, ana shu ikki o‘spirin o‘g‘irlagan”, — deb aytdi.
F. haqmi? Agar u shubhalansa, kimga murojaat qilishi kerak edi?
17. Shavkatning otasi muntazam ravishda aroq ichadigan bo‘lib qoldi.
Kunlarning birida u 8- sinfda o‘qiydigan o‘g‘liga majbur qilib aroq quyib
berdi. Shavkat ko‘zi tinib, og‘zi achib, chidamasdan ko‘chaga qochib
ketdi. Uni ko‘rgan ichki ishlar xodimi tartib buzilganligini yozma ravishda
qayd etdi. Ertalab Shavkatning otasini ichki ishlar bo‘limiga chaqirib,
jazolashlarini aytishdi.
Shavkatning otasiga qanday jazo chorasi qo‘llaniladi?
Qanday tartib buzilishi sodir bo‘ldi?
18. Buvisi boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan 12
yoshli nevarasiga turar joyini hadya qildi. Nevarasi u uyni biror narsaga
almashtirmoqchi. Almashtirishga haqqi bormi? Fuqa rolik qonuni bu
huquqiy munosabatni qonuniy deb bila dimi?
A) ha, haqli, u mulk egasi;
B) yo‘q, hali u 18 yoshda emas.
http:eduportal.uz