7 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 7 7 –– referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari
tarkibini belgilash huquqi.
Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat
sifatida bir qator ajralmas huquqlarga ega bo‘ldi. Bu huquqlar mamlakat
miqyosidagi huquqlardir.
Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasi va uning har bir fuqarosi o‘r ta-
sidagi munosabatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Mustaqil inson dеganda biz o‘z yurtida erkin va baxtiyor hayot kеchirish
uchun barcha zarur huquqlarga ega bo‘lgan, ulardan bеmalol foydalana oladigan
shaxsni tushunamiz. Barcha inson larga, mamlakatning barcha fuqarolariga
tеng huquq va erkinliklarni esa davlat ta’min laydi. Lеkin o‘z fuqarolariga
huquq va erkinliklarni ta’minlash, ularni tom ma’nodagi mustaqil qilish uchun
davlatning o‘zi mustaqil bo‘lishi shart. Chun ki haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z
fuqarolari manfaatlaridan kеlib chiqib, ularning tinch, osoyishta va baxtiyor hayot
kеchirishlarini ta’minlaydigan ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlarni tuza oladi.
Haqiqiy mustaqil davlatgina shaxs huquq va erkinliklari ustuvor qilib qo‘yilgan
qonunchilikni yarata oladi. Haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z fuqarolarining ushbu
qonunchilik asosida ertangi kunga ishonch bilan yashashlarini ta’minlay oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 - 2021- yillarda
O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatar
strategiyasining qabul qilinishi yurtimizda siz va biz, har bir fuqaro, butun
O‘zbekiston xalqi uchun, farovon turmush, hamda huquq va erkinliklarning
ta’minlanishi borasidagi tub islohotlarni amalga oshirishga turtki berdi.
Harakatlar strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish” deb nomlangan 2- yo‘nalishida “fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash”
alohida belgilab qo‘yilgani ham davlatimizning inson manfaatlari, uning huquq
va erkinliklariga berayotgan yuksak e’tiborining isbotidir.
Mustaqil davlatimiz boshqa davlatlarga qaram bo‘lmasdan o‘z siyosatini
yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqiga ega bo‘lsa, biz, har bir
fuqaro, ushbu mustaqillik tufayli bеrilgan huquqlarimizdan foydalanib,
erkin va farovon yashash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Mustaqillik sharofati bilan sizning ta’lim olishingiz, dam olishingiz,
ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz,
malakali tibbiy xizmatdan foydalanishingiz uchun imkoniyatlar mavjud.
http:eduportal.uz
8 Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda
boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari,
huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
20- modda.