13 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 13 13 farovon turmush va taraqqiy etgan mamlakatning quruvchilari bo‘lgan
shaxslarni voyaga yetkazishga qaratilgan. Islohotlarning markaziga aynan
shaxs, uning erkinligi, manfaatlari, orzu-istaklari, intilishlari qo‘yilgan.
Shaxs deganda o‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va
intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan
inson tushuniladi.
Ijodiy faoliyat O‘zingizning bosib o‘tgan umr yo‘lingizni tahlil qiling. Bunda: 1. O‘tgan umringizni davrlarga bo‘lib oling: a)chaqaloqlik davringiz; b)maktabgacha bo‘lgan davringiz; d)boshlang‘ich sinflardagi davringiz; e)yuqori sinfl ardagi davringiz. Shaxs sifatida shakllangan kishi yetarli darajadagi aql-idrok, bilim,
zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy
va ma’naviy salomatlikka, ya’ni inson kapitali deb atalmish boylikka ega
bo‘lishi lozim.
Insonning ma’naviy boyligi - uning dunyoqarashi, xulqi, odobi,
madaniyati kabi ruhiy dunyosi bilan bog‘liq fazilatlari inson kapitalining
asosiy tashkil etuvchilaridan hisoblanadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi qilib
aynan inson kapitalini rivojlantirish belgilanganligi ham bejiz emas. Chunki,
inson kapitali – mamlakatimizning jahon arenasidagi raqobatbardoshligini
ta’minlab beradigan omildir. Bu so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan
qabul qilinayotgan yangi qonunchilik hujjatlarida ham o‘z aksini topmoqda.
Siz o‘sib, ulg‘ayib shaxs sifatida shakllanib borar ekansiz o‘zingizda
vatanga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalab borishingiz kerak. Sizdagi
vatanparvarlik ruhi va davlatning sizning shaxsiy kamolotingiz bo‘yicha
g‘amxo‘rligi siz va vatan o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar mushtarakligidan
darak beradi. Mana shu mushtaraklik sizning shaxsligingizning ravnaqi,
siz kabi yosh avlodning kamol topishi, bular esa o‘z navbatida vatanning
kelajakdagi taraqqiyoti kafolatidir. Chunki Vatan kelajagi siz yosh avlodning
qo‘lingizda.