17 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 17 17 Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat
jamoa hisoblanadi. Jamiyat murakkab jonli tuzilma bo‘lib, muttasil o‘zgarib,
rivoj lanib turadi.
Jamiyatni tashkil qiluvchi odamlar ko‘p yoki kam, boy yoki kambag‘al,
teng huquqli yoki teng huquqli bo‘lmagan, o‘xshash yoki har xil bo‘lish la ri-
dan qat’i nazar muayyan jamiyatning a’zolari hisoblanadilar. Ya’ni jamiyat
inson siz, inson esa jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Jamiyat – arabcha so‘z bo‘lib, jamoa, jamlangan, birlash gan de gan ma’nolarni bildiradi. Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va man fa- at lariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa. Jamiyat turli odamlarning oddiy guruhi yoki jamoasi emas. Jamiyat –
murakkab ijti moiy tuzilma. U – odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari
mahsuli. Odam larning hayotini, eng avvalo, ishlab chiqarishni, turmush
farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari yaratish va ularni o‘zaro
ayirboshlash bilan bog‘liq muayyan mushtarak faoliyat zaminida kechadi.
Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki odamlarning
ijtimoiy qonunlari ustuvor bo‘lgan, muayyan shakllangan mushtarak
birligidir.
mash g‘uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va mulkdorlar manfaatini
muho faza qilishdan iborat bo‘lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga
kelgan.
Mana shu vujudga kelgan guruhlar yoki kishilar jamoasi keng ma’nodagi
ja mi yatning ilk, eng sodda ko‘rinishidir.
Jamiyat birgalikdagi hayotiy faoliyatlari jarayonida birlashgan odam-
lar ning muay yan murakkab tuzilmasidir. Bu tuzilma unga kirgan a’zo lar,
ya’ni odam larning oddiy guruhi yoki to‘plami emas, balki muayyan qoida-
lar ga asosan bir lashgan jamoasidir. Odamlar o‘z iste’moli uchun kerak li
ash yolarni tay yorlab, ishlab chiqarib oladilar va o‘zlari yashashlari uchun
za rur bo‘lgan ijti moiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar. Inson ja-
mi yat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi.