SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT
http:eduportal.uz
12
Shaxs ham, albatta odam, inson, individ. Lekin unda tabiiy xususiyatlar,
ehtiyojlar, his-hayajon, tuyg‘ulardan tashqari bir qadar ahamiyatliroq
bo‘lgan jihatlar mavjud. Masalan, shaxs uchun qator qadriyatlar muhim. Bu
qadriyatlarga misol qilib o‘z uyi – oilasi, mamlakati – vatani, mahallasi –
qo‘ni-qo‘shnilari, o‘quv dargohi – sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi
– hamkasblari kabilarni keltirish mumkin. Bu qadriyatlarga erishish, ularni
saqlash va e’zozlash uning hayotining maqsadi, mazmuni bo‘lib xizmat
qiladi. Shaxsga yashash prinsiplari, atrofdagilar bilan munosabat qonun-
qoidalari, o‘zi yashayotgan, faoliyat yuritayotgan muhitda obro‘-e’tiborga,
nufuzga ega bo‘lish istagi kabilar xosdir.
Shaxs o‘z his-hayajon va ehtiyojlarini jilovlay oladi. Unda ong va iroda
kuchli. Shaxs o‘z ichki dunyosini biladi, tushunadi va ma’lum tizimga sola
oladi.
Shaxs o‘z-o‘zini va o‘z hayotini quradi. Bunda u o‘zini va o‘z atrofi dagi
shart-sharoitlarni o‘zgartiradi, shakllantiradi. Shaxs faqat o‘z-o‘zi bilan
ovora emas. U atrofdagilar, hayot, mahalla, mamlakat, vatan haqida doimo
o‘ylaydi, qayg‘uradi, g‘amxo‘rlik qiladi. Inson qay darajada shaxs sifatida
shakllanganligining o‘lchovi, me’yori sifatida uning o‘z shaxsiyati bilan
qay darajada atrofdagi boshqa odamlarga, vataniga va hayotga ta’sir o‘tkaza
olayotganligini keltirish mumkin.
Biz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi ajdodlarimizni tilga olganimizda ularni buyuk
shaxslar deb ulug‘lashimiz ham shaxs tushunchasining naqadar salobatli
ekanligini bildiradi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishida oila, maktab, qo‘ni-qo‘shnilar,
mahalla va do‘stlarning ta’siri katta. Oila bola uchun eng dastlabki asoslarni
yaratsa, bolalar bog‘chasi, maktab yoki boshqa ta’lim muassasalari zarur
bilim, ko‘nikma va malakalarni beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla
an’analar, urf-odatlar bilan tanishtiradi, atrofdagilar bilan munosabatga
kirishishga o‘rgatadi. Insonning qanday shaxsga aylanishi ko‘p jihatdan
davlatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan siyosatiga bog‘liq.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri aynan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga, kelajakda
http:eduportal.uz
|