11
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
11
11
Odam har qanday tirik organizm kabi jonli tabiatning bitta a’zosi,
elementidir. Lekin odam tabiatdagi boshqa mavjudotlardan o‘zining ko‘plab
jihatlari bilan farqlanadi. Inson –
tabiatdagi eng rivojlangan, ongli mavjudotdir.
U xuddi boshqa jonzotlar kabi tirik tanaga ega. Uning xuddi hayvonlarda
bo‘lganidek, tabiiy ehtiyojlari, mana shu ehtiyojlarini qondirishga intilishi
chog‘ida namoyon bo‘ladigan, instinkt deb atalmish sifati bor. Lekin insonning
hayvonlar bilan umumiy jihatlari shu bilan tugaydi. Ya’ni, odam ongli, aqlli
mavjudot sifatidagi jihatlarini namoyon qila boshlaydiki, bu jihatlar faqatgina
tabiatning odamzot deb atalmish qismining vakili bo‘lgan insongagina xosdir.
Har bir alohida odam – bu individ.
U ayol yoki erkak, yosh yoki qari, baland
yoki past bo‘yli, oriq yoki semiz deb tavsifl anadigan umumiy xususiyatlarga,
ovqat, suv,
boshpana, kiyim kabi umumiy ehtiyojlarga, ota-onaga, o‘z
uyiga
bog‘liqlik, sog‘inch, muhabbat kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladigan his-
hayajonga ega. Odamning bu jihatlari barcha odamlarga birdek xosdir. Ya’ni
odam tug‘ilishi va ulg‘ayishi davomida bu jihatlar o‘z-o‘zidan ozmi-ko‘pmi
shakllana boradi. Mana shu individ, odam, inson qanday qilib shaxsga
aylanishi, ya’ni insonning shaxs sifatida shakllanish
jarayoni insoniyatni qadim
zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan.
Xo‘sh, inson qanday qilib shaxsga aylanadi? Qanday insonni biz shaxs
deb atashimiz mumkin?
3. Nima uchun odamlar tug‘ilganida bir xil imkoniyat va sifatlarga
ega bo‘ladilar, lekin ulg‘aygan sari bir-biridan farqlana
boradilar?
4. Inson o‘z oilasida, maktab, oliygoh yoki ishxonasida qay
darajada nufuz, obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi nimalarga bog‘liq
deb o‘ylaysiz?
5. Har qanday inson uchun eng qadrli bo‘lgan narsalarni sanab
bering.
6. Alohida toifadagi insonlar uchun qadrli bo‘lgan, lekin boshqalar
uchun uncha ahamiyatli hisoblanmagan narsalarga misol
keltiring.
7. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga misollar keltiring. Mazkur
qadriyatlarning inson uchun ahamiyati yuqori bo‘lishi bu inson
haqida qanday tasavvur uyg‘otadi?
Dostları ilə paylaş: