O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun
chi qa ruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari
Kon s ti tut siyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.
108- moddadan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BOSHQARUVINING TASHKIL ETILISHI
http:eduportal.uz
82
Odil sudlovning samarasi, albatta, sudlar tomonidan qabul qilinayotgan
hujjat larning majburiyligi bilan bevosita bog‘liq.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sudning qarorlari davlat majburlov kuchi
bilan ta’minlanadi.
Oshkoralik tamoyili odil sudlov faoliyatining huquqiy asosini belgilab
bera digan muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan biridir. O‘zbekiston Res-
pub likasi sud tizimiga kiruvchi barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi.
Odil sudlovni amalga oshirishda til to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamo yil
katta ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizning 115- moddasiga asosan O‘zbe-
kis ton Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida
yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos
ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri – bu aybsizlik prezumpsiyasi qoida-
si ning qonunda aks ettirilganligidadir. Bu milliy huquqiy tizimning jiddiy
yutug‘i va fuqarolik jamiyatining muhim tamoyillaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda barcha sudyalar bir xil maqomga ega. Sudyalarning
odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘-
yil maydi.
Mamlakatimiz sud tizimini isloh qilish va uni takomillashtirish bo‘yi-
cha olib borilgan ishlar, avvalambor, hokimiyatlar bo‘linishiga oid konsti-
tut siyaviy prinsipni izchil amalga oshirishga xizmat qildi. Natijada sud
tizi mining ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi-
ga imkoniyat yaratildi.
Sud-huquq tizimini izchil
demokratlashtirish
va
liberallashtirish
bo‘-
yi cha so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar:
– sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, guvoh,
gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatmasi
bo‘yicha (agar aniq isbot bo‘lmasa) qaror qabul qilish taqiqlandi;
– Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirildi va ular asosida fuqarolik,
jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sohalarda sud ishlarini yuritish bo‘yicha
sud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi;
– Oliy sud qoshida sudlar faoliyatini ta’minlash bo‘yicha departament
tashkil qilindi;
Qonunda sudyalarning vakolat muddati besh yil qilib belgilangan.
http:eduportal.uz
|