124
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2019- yil 4- mayga o‘tar kechasi
Toshkent viloyatida yashovchi,
muqaddam sudlangan, 24 yoshli S.Sh., 24
yoshli B.T, I.X.lar va Andijon viloyatida yashovchi, 23 yoshli H.O. 100
ming so‘mlik nominaldagi milliy valyuta qalbaki kupyuralarini o‘tkazish
maqsadida Chilonzor tumaniga kelishgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan yigitlar kelgan
avtomobil aniqlandi hamda 4- may kuni soat tahminan 03:30 larda
avtomashina topildi va to‘xtatildi. Mashina g‘aladoni
tekshirilganda, 100
ming so‘m nominaldagi 51 ta soxta kupyura, chop etilgan milliy valuta
kupyuralari tasvirlangan A4 shaklidagi 25 varaq qog‘oz
hamda soxta
pullarni tayyorlashda foydalanilgan “Canon” printeri aniqlandi.
Sud-kriminalistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 100 ming so‘mlik 58
ta kupyura soxta bo‘lib chiqdi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan yigitlarga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy
ish qo‘zg‘atildi.
Adolat, 2019- yil, №19
Uychi tumani Alisher Navoiy nomidagi mahallada yashovchi Zokirjon
Abdullayev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bu yil yozda endigina 16 yoshga
to‘ladi. Otasining bevaqt o‘limi tufayli o‘smir onasi bilan qolgan. Afsuski,
ayni balog‘at ostonasiga qadam qo‘yayotgan
yigitcha kutilmaganda
qing‘ir ishga qo‘l urdi: joriy yil boshida qo‘shni xonadonda tengdoshi
bilan birga o‘ynab yurib, qimmatbaho taqinchoqqa ko‘zi tushib qoldi,
so‘ng hech kimga sezdirmay ziynatni olib chiqib ketdi. So‘ramasdan,
yashirincha olingan buyum o‘g‘irlik-da! Natijada bugun o‘zining ham,
oilasining
ham jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shni oldida boshi egildi. Hozirgacha
tumanda eng namunali hisoblab kelinayotgan mahalla nomiga dog‘ tushdi.
Mahalla, 2019- yil, №23
Dostları ilə paylaş: