157
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
157
157
Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olingan
bo‘lib, huquqlarda tenglashish degan ma’noni anglatadi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikoh-
dan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n
sakkiz yoshga
to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin)
sud belgilagan payt dan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘ qotganligi
haqida qaror qabul qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka ma si, Qoraqolpog‘iston Res-
pub likasi Vazirlar Ken gashi, viloyat, tuman, shahar ho kim liklari hu zu rida
Voya ga yetmaganlar ish lari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan.
Bu komis siya-
lar ning maqsad va vazifalari qu yi dagilardan iborat:
– voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari,
huquqbuzarlik la rining oldini olish;
– voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquqbuzarlik-
lari ga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish;
– voyaga yetmaganlarning huquqlari
va manfaatlarining himoya
qilinishi;
– ijtimoiy jihatdan xavfl i ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan
tar bi yaviy ish olib borishni tashkil qilish.
Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagi
qaror lar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va
mansabdor shaxslar tomo-
ni dan bajarilishi majburiydir.
15 yoshli Nozim yozgi ta’til vaqtida ota-onasining roziligi bilan
qah va xonaga mineral suv sotuvchisi bo‘lib ishga yollandi. Qahvaxona
xo‘ja yini uni haftasiga 48 soat ishlatib kattalar bilan bir xil maosh to‘ladi.
1) Qahvaxona xo‘jayini Nozimning huquqini buzgan bo‘lishi mumkinmi?
2) Ushbu harakat ishtirokchilaridan qaysi biri qonunni buzdi deb o‘y-
laysiz?
3) Ularni huquqiy savodxon deyish mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: