O`zbekiston eng yangi tarixi” fanidan kurs ishi mavzu: yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o'rta osiyo allomalari merosining o’rni bajardi


II.BOB. O`RTA OSIYO - UY`ONISH DAVRIDA ILM- FAN, MADANIYAT MARKAZI SIFATIDA



Yüklə 139,21 Kb.
səhifə8/11
tarix13.06.2023
ölçüsü139,21 Kb.
#129686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
YUKSAK MA\'NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O\'RTA OSIYO ALLOMALARI MEROSINING O’RNI

II.BOB. O`RTA OSIYO - UY`ONISH DAVRIDA ILM- FAN, MADANIYAT MARKAZI SIFATIDA
2.1. O`rta Osiyo - Uy`onish davrida ilm- fan, madaniyat markazi sifatida.
O`rta Osiyo halqlari tarihi, madaniyati, falsafasi va qadriyatlarining ildizlari o`tmishiga tutashadi. Bu borada akademik N.I. Konrad, O`rta Osiyo nafaqat qadimgi dunyoning, balki bir butun qadimgi dunyo halqlarining madaniy markazi bo`lib hisoblanadi. Insoniyat tarihida O`rta Osiyo madaniyati tarihining ta`siri beqiyosdir, deb baho bergan edi.
Haqiqatdan ham halqimiz o`zligini anglashi uchun o`z o`tmishi, merosi, madaniyati, qadriyatlari va tarihini yahshi o`rganishi kerak.
Mavjud tarihiy manbalar O`rta Osiyoda qadimdan madaniyat yahshi rivojlanganligi va bu erda yashaydigan halqlarning yuksak taraqqiyot bosqichida turganligidan guvohlik beradi. O`rta Osiyo halqlari madaniyatining rivojlanishi tarihi bu mamlakatlarda sinfiy jamiyatning shakllanishi ~arb va Sharq halqlari madaniyatning o`zaro ta`siri jarayoni bilan bo`liqdir.
IX-XI asrlarda O`rta Osiyoda madaniyat, ilm- fan va falsafaning yuksak rivojlanishi uchun qulay tarihiy va ijtimoiy- siyosiy shart- sharoit vujudga keldi. IX-XI asrlarda O`rta Osiyoda madaniyatining gullab- yashnaganligining asosiy sababi o`sha davr madaniyatida inson tomonidan jamiyat hayoti va tabiatning sir- asrorlarini o`rganishda uning erki va aqli, tafakkurining madh etilishiga alohida e`tibor berganligi bilan izohlanadi.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekiston hududida arab istilosidan keyingi islom ta`sirida dunyoga kelgan va eng rivojlangan madaniyat o`zbek halqi madaniyati hisoblanadi.
Sharqning ma`naviy madaniyati islom bilan bo`liq edi. Shu sababli O`rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy qarashlarida, shuningdek davlatga, ijtimoiy hayotga bo`lgan munosabatlarida, ahloqiy va estetik qarashlarida islomning ta`siri kuchli edi. Shunga qaramay, etik qarashlarda inson bu dunyoning eng oliy zoti deb qaraladi. O`rta Osiyo mutafakkirlari olam va narsalarning qadr- qimmatini insoniylik bilan belgiladilar. Insonparvarlik `oyalari etnik sistemalarda yangi va yuqori bosqichga ko`tarildi.
O`rta asr Sharqining buyuk mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr Muhammad Tarhan Forobiy (873-950) dir. O` o`z dunyoqarashida davrning il`or `oyalarini ifodalaydi. O`rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida il`or ijtimoiy- falsafiy fikrning rivojlanishida muhim rolь o`ynaydi.
Forobiy "Davlat haqida risola", "Ideal shahar aholsining fikrlari", "Baht- saodatga erishuv haqida", "Aql ma`nolari haqida risola", "Grajdanlik siyosati" va boshqa 200 dan ortiq asarlarida o`z davri uchun izchil hisoblangan ijtimoiy hayotning ko`p masalalariga oid ta`limot yaratdi.
Forobiy o`zining "Ideal shahar aholisining qarashlari" asarida o`z davri uchun eng il`or bo`lgan ma`rifatparvarlik, insonparvarlik `oyalarini ilgari suradi. Mutafakkirning talqinicha falsafa, jamiyat haqida fanga nazariy asos berishi hamda odamlarning va jamiyatning baht- saodatga erishuviga ko`maklashishi zarur. Biroq nazariy fanlarni o`rganish, aql yordamida bilishga falsafa vositasida bo`lganidek, din yordamida ham erishiladi: har ikkalasi baht - saodatga elituvchi oliy printsip- ibtido (boshlan`ich) larni bilishga olib keladi. Faqat falsafa bu maqsadga dalillash metodi asosida qo`lga kiritilgan bilim bilan, din esa haqiqat zuhur etuvchi suratli (obrazli) ramziy tasavvurlardan foydalanilgan holda e`tiqod qo`yish metodi bilan erishadi.
Ideal jamiyat aholisini tarbiyalaydigan bilimlar to`rt hil: "Bu nazariy fazilat bo`lib, u tufayli mavjud narsalar ishonchli dalillar vositasida aql yordamida bilinadi. So`ngra, bu- e`tiqod qo`yish yo`li bilan erishiluvchi mohiyatni angalsh; bundan keyingisi- bu aql yordamida anglashiluvchi mohiyatining suratlarini o`zida saqlovchi, e`tiqod yo`li bilan tasdiqlangan bilim; so`ngra bu uch (bilim hillari) u yoki halq uchun ajralib chiqqan bilimlar.
Binobarin, halqlarning soniga ko`ra, ajralgan bu bilimlarning har biri hamma narsani qamrab oladi, pirovardida mazkur halq kamol topadi va baht- saodatga erishadi".
Demak, fazilatli shaharda har bir tabaqa, har bir halq o`zi erishgan bilimlar bosqichiga muvofiq, kamolot va baht- saodatga erishadi. Faylasuf- hukmdorning vazifasi u yoki bu insonni baht- saodatga elitadigan bilim bosqichini belgilash, ularni tarbiyalashning zarur vositalarini topish, ishontirish metodi bilan halqni tarbiyalash uchun qo`llaniladigan narsalarni bilishdan iborat.
Forobiy aql va ahloqning o`zaro aloqadorligiga amal qilingan holda inson va jamiyatni ta`rifladi.
"Har bir inson,- deydi Forobiy yashash va kamolatga erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, uni bir o`zi qo`lga kirita olmaydi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo`lgan narsalarni bir-biriga etkazib beruvchi va insonlarning birlashuvi orqaligina inson etuklikka erishishi mumkin".
Mutafakkirning ta`kidlashicha, donolik haqiqiy bilim- ilohiy qudratni bilishga olib boradi. Donolik- bu haqiqiy baht- saodat haqida bilim beradigan hislat, mulohazalilik esa bu baht- saodatga erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo`lgan harakatlar haqida bilim beruvchi hususiyatdir. Unisi ham, bunisi ham birgalikda insonning kamol topishiga yordam beradi.
Odamlarni baht- - soadatga elitish yo`lida ularni o`qitish va tarbiyalash lozim, ular so`lom fikrlaydigan bo`lishi kerak. So`lom fikrlash tufayli ular barcha narsalarni bilishga erishadilar.
Forobiy tengsizlikni qoraladi, insonlarni o`zaro hamkorlikka chaqirdi, dunyoda yagona bir butun inson jamoasi tuzishni orzu qildi.

Yüklə 139,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin