1.2 Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari fikrlari
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-ej’tibori bilan dunyoviy gumanistik dunyoqarashi, antik davr madiniy merosiga murojaat qilish bamisoli uning qayta uyg’onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
1.3 Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;
yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanii;
astranomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo va boshqa
tabiiy fanlar rivoji;
uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;
insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi;
falsafaning keng darajada rivoj topishi;
adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;
bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
O’rta Osiyoning ko’hna va hamisha navquron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi
shaharlarida qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad al-Xorazmiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nomi bilan bog’liq.
Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al-Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan.
Beruniy yoshlarni ilmga o’rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o’tgan bilimga tayanish lozimligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o’rganishi lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug’rofiya, geodeziya, falakiyot, minerologiya, tibbiyot)ga bo’ladi. Bu fanlarning har biriga o’z davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo’shdi.
Jumladan, Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o’rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o’rganishi kaliti deyiladi.
Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g’amxurlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’stligini, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibolr bergan allomadir.
Markaziy Osiyoda uyg’onish davrining eng mashhur mutafakkiri Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037yy.) falsafa, tabobat, tabiatshunoslik, falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika, psixologiya, fizologiya, fiqh, musiqa kabi fan sohilariga bag’ishlab 450 dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan va o’z davrida “Shayx-ar-rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi.
Olimning falsafaga oid asarlarining eng yirigi “Kitob ash-shifo” bo’lib, mantiq, fizika, matematika, metofizika va ilohiyot qismlarini o’z ichiga oladi. Mantiqning o’zi 9 kitob, fizika 8 kitob, matematika 4 kitob, ilohiyot 1 kitob, jami 22 ta kitobdan ibrat. “Kitob an-nojat”, “Ash-shifo”ning qisqartirilgan turi bo’lib, tabiat, ilohiyot, riyoziyot qismlardan iboratdir. “Danishnoma” ham mantiq, ilohiyot, tabiat, geometriya, astranomiya, arifmetika, musiqa kabi qismlardan iborat. Salomon va Isbol” falsafiy asar. Ibn Sino bilan Beruniyning yozishlari-fizikaga va falsafaga oid 18 ta maktub. Ibn Sinoning maktublariga Beruniyning e’tirozlari nomli risola chop etilgan.
Ibn Sino falsafada Aristotel ta’limoti izdan borib, Farobiy g’oyalarini yanada kamolotga erishtirdi. Faylasuf Sharq allomalariga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni axloq, odob, inson psixologiyasining kamolotiga alohida ahamiyat beradi.
Ayniqsa, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida talqin etilgan ta’lim-tarbiya xususidagi fikrlar g’oyat muhimdir. U bola tarbiyasini tug’ilmasdan ona qornidaligidanoq boshlash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bola tug’ilganidan boshlab esa ayoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash, uxlatish kabi muayyan tartib va qoidalardan iborat.
oz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi..”.
Ibn Sino bolani kamolotga erishishining birinchi mezoni hisoblangan ilmu ma’rifatni egallashga da’vat etar ekan, ilmu ma’rafat insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taradi va jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi, deydi.
Dostları ilə paylaş: |