O`zbekiston eng yangi tarixi” fanidan kurs ishi mavzu: yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o'rta osiyo allomalari merosining o’rni bajardi


Yuksak manaviyatli toshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalarining o'rni



Yüklə 139,21 Kb.
səhifə9/11
tarix13.06.2023
ölçüsü139,21 Kb.
#129686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
YUKSAK MA\'NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O\'RTA OSIYO ALLOMALARI MEROSINING O’RNI

2.2. Yuksak manaviyatli toshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalarining o'rni.
"Davlatning asosiy vazifasi,- deydi Forobiy, insonlarini baht- saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yahshi ahloq yordamida qo`lga kiritiladi. Davlat boshli`i adolatli, insonlarga `amho`r, ilm- fanga e`tibor beruvchi aqlli, dono shahs bo`lmo`i lozim, shunda osoyishtalik, farovonlik tantana qiladi, natijada zulm, johillik yo`q bo`lib, er yuzida adolat `alaba qozonishiga ishonar edi. O`rta asr davrida, o`zaro to`htovsiz urushlar davom etgan bir davrda bunday il`or fikrlar bilan chiqish katta ahamiyatga ega edi.
Fazilatli shaharning barcha a`zolari o`zaro mehr- muhabbat asosida birlashadilar va munosabatda bo`ladilar. Jamiyatning yahlitligini saqlash va uning jipsligi adolat va undan kelib chiqadigan harakatlar bilan oshiriladi. Adolat esa fazilatli shahar aholisining ezgulikka birgalikda dahldor bo`lishidan vujudga keluvchi mehr- oqibatdan hosil bo`ladi. Farobiyning ushbu fikrlari bugungi kunda o`z mustaqilligini qo`lga kiritib kelajak sari dadil rivojlanib borayotgan respublikamiz uchun ham dolzarb ahamiyatga egadir. Jumladan, respublikamiz prezidenti I.Karimov "O`zbekiston kelajagi buyuk davlat" nomli risolasida ta`kidlaganidek, respublikamizning taraqqiyoti halqimizning jipslashib, bir- birimizga mehrli, oqibatli bo`lishimizga bo`liq. Shu narsa bizga umid, ishonch va kuch ba`ishlamoqda, tinch- totuv hayotga asos bo`lmoqda (Qarang: I. Karimov. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent, "O`zbekiston", 1992 8- bet).
Forobiyning ahloqiy qarashlarida aql kategoriyasi bilan birga baht va fazilatlar kategroriyasi ham muhim o`rin tutadi. Bahtni qo`lga kiritish uchun inson faol va tashabbuskor bo`lishi kerak.
Shuningdek, ozodlik, tanglik, adolat haqida ham ko`pgina fikrlarni ilgari suradi. Bularning hammasi bilim natijasida amalga oshiriladi, deb ta`kidlaydi.
Forobiy insonning kamolotga erishuvida ta`lim- tarbiya nihoyatda zarurligini ta`kidlaydi.
Forobiy insonning ma`naviy hayotida onglilikka va ahloqiylikka e`tibor beradi. Demak, ta`lim- tarbiya insonni aqliy va ahloqiy jihatdan mukammal kishi bo`lib etishiga qaratilmo`i lozim. Uning ta`limoti, "bilim, ma`rifat, yahshi ahloq" bilan bezatilmo`i lozim. O`tkir aql va go`zal hulq ma`naviy etuk inson bo`lib etishishning asosiy shartdir. "Darahtning etukligi uning merosi bilan bo`lganidek, insonning barcha hislatlari ham ahloqi bilan yakunlanadi".
Forobiy ta`limotida aqliy tarbiya bilan ahloqiy tarbiya masalasi uzviy bo`lanib ketgan. Ahloqiy bo`lish aqllilikning muhim hislati, fazilatidir. Forobiyning ahloqiy tarbiya haqida ta`limoti "Ideal shahar aholisining fikrlari", "Baht- saodatga erishuvi haqida", "Aristotelning "Etika" asariga sharhlar" kabi risolalarida bayon etilgan. Inson yuksak kamolatga erishuv yo`lida harakat qilganidek, aqliy bilishga ham harakat qilsa, shubhasiz o`zi intilayotgan saodatga erishadi, deb ta`kidlash bilan mavhum inson timsolini yaratib uni tarbiya sohasida namuna qilib ko`rsatadi. Bu inson jismonan barkamol barcha masalalarni tez tushuna oladigan, hotirasi kuchli, fikri ravon, bilimga, o`qishga muhabbat qo`ygan, haqiqatgo`y, vijdonli, adolatli kabi fazilatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Abu Rayhon Muhammad Ibn- Ahmad al- Beruniy (973-1048) qadimiy Horazm shahri Qiyotda tu`ilgan. Beruniy buyuk qomusiy olim va faylasuf bo`lib, fanning turli sohalari bo`yicha 150 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Jumladan, "Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Geodeziya", "Dorivor o`simliklar haqida kitob", "Ma`sud qonuni", "Astronomiya va yulduzlar to``risida", "Er harakat qiladimi, yo`qmi?" va boshqa asarlarida o`zining tabiiy- ilmiy, ijtimoiy, falsafiy va ahloqiy qarashlarini bayon etgan.
Beruniyning etikasida ahloqning mohiyati kishilarning turmush tarzi bilan chambarchas bo`langan. Boshqacha aytganda, Beruniy ahloqning mazmunini ijtimoiy hodisalar, kishilarning moddiy ehtiyoj va manfaatlari bilan bo`langan holda tushuntirishga harakat qiladi.
Beruniy "Mineralogiya" asarining muqaddimasida inson va uning hol- ahvoli, dunyodagi burchi, olijanobligi, shuningdek, iqtisod, ahloq va odob to``risida qimmatli fikrlar bildiradi.
Beruniy inson harakteri haqida gapirib, uni inson tabiatida mavjud qarama- qarshilik bilan tushuntirmoqchi bo`ldi. Inson tabiatdagi ziddiyatli holat to``risida: "Odamlar turmush- hayotda har hil hollarda bo`ladi, Bularning bir turi bilan maqtaladilar, boshqasi bilan qoralanadilar", deb ko`rsatgan edi. Beruniy yuksak insoniy fazilatlar haqida o`z mulohazalarini bayon qilib aytadi: "Maqtovlarning qutbi muruvvat, muruvvatning o`qi- asosi tozalik va pokizalikdir".
Beruniy kishilardagi barcha salbiy fazilatlarni qoralab, yahshilik va oliyjanoblik kabi hislat hususiyatlarini maqtagan.
Uningcha, himmat qilishiga intilish ham huddi muruvatga bo`lgan intilishga o`hshaydi. Hulq atvorni, uni insonning ahloq kitoblarida aytilgan yo`llar vositasida davolab, tarbiyalab go`zal pokiza tutib yomon hollarga tushmasligi mumkin. uningcha, yahshilikka intilish olijanoblikni o`stiradi, birinchi navbatda o`ziga, keyin esa boshqalarga yahshilik istashi lozim. Inson o`z ichki dunyosini tarbiyalab borib, asta- sekin kamolatga erishadi va salbiy jihatlardan holi bo`lib boradi.
Beruniy mamlakatning ravnaqi, insonning bahti bilim va ma`rifatda deb bildi. U insonning nimaga da`vat etganligi, uning ezguligini va olijanob hulq- atvorini, ahloqiy fazilatlarini madh etish bilan insondagi barcha salbiy illatlarni qoraladi.
Beruniyning ahloqiy qarashlarida rostgo`ylik va adolat bir qimmatga ega bo`lgan ahloqiy sifatlardir. Ijtimoiy hayotdagi adolat haqida Beruniyning quyidagi so`zlarida uning fikri yaqqol ifodalangan: "Ma`ribdagi shaharlarning birida zodagonlar va er egalari shaharni navbat bilan uch oy mobaynida boshqarar ekanlar. Kimga navbat kelsa o`sha uch oy davomida hokimlik vazifasini bajarar ekan. Muddat tugagach, o`z ihtiyori bilan hokimlikdan voz kechib o`ir vazifadan qutulgani uchun el- yurtga hayr- sadaqa ulashar ekan. Bunga hamma rioya etishi shart bo`lgan, agar o`zaro kelishilganlik bo`lmasa tartib ham, adolat ham bo`lmaydi (Qarang: Beruniy va ijtimoiy fanlar. T.Fan, 1973, 18 bet).
Bundan ma`lum bo`ladiki, Beruniy mamlakatni demokratik tarzda boshqarishni antik davrdagi Afina va o`rta asrlardagi Italiya shimolidagi shaharlarning davlat tuzilishi sistemasini nazarda tutgan holda tushunadi va talqin qiladi.
Insoniyat madaniyatiga ulkan hissa qo`shgan o`rta asr Sharqning mashhur mutafakkirlaridan biri failasuf, shifokor, shoiri va yozuvchi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) alohida o`rinni egalladi.Ibn Sino O`rta Osiyo halqlari uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan o`ir bir davrda ijod etdi.
Ibi Sino 200 dan ortiq ilmiy asarlar muallifidir. Eron olimi Nafisning ta`kidlashicha Ibn Sinoning 182 ta asari falsafa masalalariga ba`ishlangan. Shuning uchun uni Ovrupada "Falsafa hokimi" ("Shayhur rais") deb yuritishgan. Ibn Sinoning asosiy falsafiy asarlari "Kitob va shifo", "Donishnoma", "Najot", "Kitob al ishorat" va hokazolardir.
Ibn Sinoning eng qimmatli asari "Tib qonuni"dir Bu kitob bugungi kunda ham o`zining amaliy ahamiyatini yo`qotgan emas. Ibn Sino ijodida ahloqiy masalalar katta o`rin egallaydi. U ahloq masalasiga "Ahloq fani", "Oila qurilishi" va boshqa ko`p asarlarni ba`ishladi.
Ibn Sinoning ahloqiy ta`limoti uning ijtimoiy- siyosiy va falsafiy `oyalaridan kelib chiqadi. "Ahloq fani vositasida,- deb yozgan edi Ibn Sino,- inson o`z hatti- harakatini o`rganib, kelajakda bahtli va farovon yashashga harakat qiladi".
Shuni ta`kidlash kerakki, Ibn Sino etikasi yahshilikni yomonlikdan ajratadi va kishining bahtli bo`lishiga sharoit yaratadi. Ibn Sino ahloq kategoriyasiga yahshilik va yomonlik, lazzat, donolik, sahiylik, sevgi- muhabbat, kamtarlik, azob- uqubatlarni kiritdi.
U yahshilik va yomonlik haqida gapirib shunday yozadi: "Nimaki mavjud bo`lsa,- o`z tabiatiga ko`ra kamolatga intiladi. Mana shu kamolatga intilish, o`z mohiyatiga ko`ra yahshilikdir. Buyumlar hos bo`lgan nuqsonlar yomonlikdir. Yahshilik faollikka, yomonlik tur`inlikka olib keladi" (Qarang: M. Baratov. Ibn Sino etikasi. T. 1969. 15 bet).
Insoniy adolat- muhim ahloqiy hislatdir va inson bezagidir. Adolat, uningcha ruhiy lazzatning bosh o`lchovidir. U odamning uch istagi- toqat, jasurlik, donolik bilan paydo bo`ladi. Agar inson shu fazilatlarga ega bo`lsa, yaramas ishlardan o`zini saqlay oladi, yahshilikni o`zida mustahkamlab, haqiqiy ruhiy lazzatga erishadi. Demak adolat yahshilik bilan yomonlikning mezoni. Bu o`rinda u ruhiy lazzatni hissiy lazzatdan ustun qo`yadi.
Ibn Sino ijobiy ahloqiy kategoriyalarga sahiylik, chidamlilik, kamtarlik,,, sevgi- muhabbat, mu`tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Ibn Sino insonning yahshi ahloqiy fazilatlariga kishilarning yomon hulq va hatti- harakatlarini qarama- qarshi qo`yadi. U insonning salbiy nuqsonlariga aldash, nafrat, zaiflik, rashk,adovat, o`ch olish, sergaplik, bo`hton, be`manilik, irodasizlik va boshqa yomon hislatlarni kiritadi. Eng katta nuqson ilmga qarama- qarshi bo`lgan johillikdir deydi.

Yüklə 139,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin