O`zbekiston eng yangi tarixi” fanidan kurs ishi mavzu: yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o'rta osiyo allomalari merosining o’rni bajardi



Yüklə 139,21 Kb.
səhifə6/11
tarix13.06.2023
ölçüsü139,21 Kb.
#129686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
YUKSAK MA\'NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O\'RTA OSIYO ALLOMALARI MEROSINING O’RNI

Kurs ishi ob`yekti: Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi
Kurs ishi predmeti: Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’i lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Kurs ishi maqsadi: Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Kurs ishining mavzusi, muammo va maqsadiga mos ravishda qo’yidagi vazifalarni ochish masalalari qo’yiladi: XIX asrning ikkinchi yarmiga kеlib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy ma'naviy mеrosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada, bu davrda Siddiqiy, Furqat, Muhimiy, Ahmad Donish, Avaz O’tar o’g’li, Hamza, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Bеhbudiy, Munavvarqori, Cho’lpon, Qori-Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga, pеdagogikasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma'rifatli qilishga intildilar.

I.BOB. YUKSAK MA'NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O'RTA OSIYO ALLOMALARI MEROSINING O’RNI.
1.1. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash.
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1.
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2
Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.1
IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al –Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar.

Yüklə 139,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin