O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi


[19]  II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

 


[19] 
II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING 
RIVOJLANISHIDA YOSH VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
2.1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi. 
“Shaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga 
xizmat kiladi. Individ shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit 
inson sifatida xis etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq 
qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash 
tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi 
va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va 
ma’naviy-axloxiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqini kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida individ inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan 
miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib 
borishi, mikdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 


[20] 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, 
turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida uziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini 
to‘g‘ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini 
yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, 
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin