[24]
2.3. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan
anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga
tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri
yondashish, uni
muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir.
Chunki bola organizmining
o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-
xil bo‘ladi. Abu Ali ibn Sino,
Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy,
Abdulla
Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tgan. Bolaning o‘ziga xos
xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham
psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
M: ko‘rish
va eshitish qobiliyati, faolligi,
tez anglash, sust fikr yuritishi,
xovliqma
yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi,
yalqov
yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki
ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, tarbiyachi
ularni bilishi zarur.
Bolaning individual, o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun
temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish
muhim. Temperament (lot. “temperamentum’' - qismlarning bir-biriga munosabati)
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Dostları ilə paylaş: