[21]
2.2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy
omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon
davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning
ta’siri kuchli bo‘ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi?
Balki
tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo‘yadi. Ular tug‘ma
imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini
belgilab bergan, degan g‘oyani iltari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan
preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta
baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi
yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib,
uning
namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan
berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va
uning vakillari D.Dyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini
biologik nuqtai
nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb
qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi
ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik
(nasliy) omilga bog‘laydi. Biologik oqimga qarshi
falsafiy oqim vakillari
rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining
jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog‘lik deb ko‘rsatadi.
Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular
ijtimoiy muhitning rolini
hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib,
tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nael (biologik omil),
ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga
oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda
[22]
ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada
shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb
qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb
xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga
yetadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki
yo‘q qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero,
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi,
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘lik ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga
yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish
mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak,
tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o‘ringa ega
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi,
oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: