O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli 
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
 
go‘daklik (1 yoshgacha);
 
bolalik yoshi (1-2 yosh);
 
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
 
kichik yosh (3-4 yosh);
 
o‘rta yosh (4-5 yosh) ;
 
katta yosh (5-6 yosh);


[25] 
Go‘daklik davri bolalariiing rivojlanishidagi uziga xosliklar. Insonning 
rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to‘qqiz oy mobaynida 
juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi. Bu davrda 
ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu 
ta’sirning ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning 
rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim. 
Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni 
idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 
go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning nutqi va 
tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda dastlabki so‘zlarni 
ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish 
qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka 
erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z xoliga tashlab qo‘ymasligi, 
ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola 
oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda 
qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Bola nimaga o‘rgatilsa, uni aniq, hayotiy 
misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal 
qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida 
bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal 
rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni 
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unta 
xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. 
Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, 
ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga 
jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana 
boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu 


[26] 
ko‘nikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i 
lozim.
Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga 
qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib 
boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib uynash 
ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini 
farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko‘rish-yasash faoliyatining 
dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman 
markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni 
boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi 
rol uynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va 
rivojlantirishga keng yo‘l ochadshan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini belgilab 
berishga yunaltirilgan.
O‘rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to‘rt yoshga 
yettach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi 
tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi. 
Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, 
ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi. 
Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi 
bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni uzi mustaqil bajarishga 
intiladi. Bu yoshda bola nixoyatda serharakat, o‘yinqarok, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. 
U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to‘g‘ri 
ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muxofaza qilish, ruhiy holatini 
nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga 
ega. Ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga 
yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh (5-6 yosh bolilar) ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning 
umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning 
uchun ham suyaklarning to‘g‘ri usishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. 
Ularning yuragi chakalok yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq 


[27] 
muskullari xali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda 
miya pustlogining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashki ko‘rinishidan 
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi 
ravon bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo‘lgan takdirda 
uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so‘z 
boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar 
bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning 
matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki 
iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal 
rivojlantirishga aloxida e’tibor karatish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar) ning rivojlanish xususiyatlari. 
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, 
uning jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar uzini 
idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu 
yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi 
hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu yoshda bola chiniqadi. 
qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va 
tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda 
gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda 
faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu 
o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki 
o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul 
qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim 
olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Bolalarning 
maktabga 
tayyorgarlik 
darajasini 
aniqlashda 
tashxis 
markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning 
moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va shaxsiy 
sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda, u olti 


[28] 
yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli 
bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan 
tarbiyachilar pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika 
qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, 
maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi o‘ziga xos, murakkab jarayon 
sanaladi. Maktabgacha ta’lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy 
mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tulaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy 
(ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, 
maktabgacha ta’lim yoshining o‘zi ham yettita o‘ziga xos, alohida davrlarga 
ajratiladi. Shu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘qitish va 
tarbiyalash ishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar 
bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to‘la xabardor bo‘lishlari zarur.


[29] 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin